BOŞLANĞIÇ SINF ÖQUVÇILARI ÖRTASIDA INGLIZ TILI FANIDAN KÖRIK-TANLOV ÖTKAZILDI
Maktablarda boşlanğiç 1-sinfdan boşlab, ingliz tili fanidan maşğulotlar ötkaziladi. Maşğulotlar davomida öquvçilarda dastlabki könikmalar şakllantiriladi. Öquvçilar 2-sinfni tugatgunga qadar harflarni öqişni va yozişni, sanaşni, gaplarni tuzişni örganişadi.
Ötgan davr mobaynida öquvçilarning olgan bilimlarini mustahkamlaş, özlaştiriş darajasini aniqlaş maqsadida 38- va 30-sonli maktabning 2-sinflari örtasida ingliz tili fanidan körik-tanlov ötkazildi.
“GUESS WHAT” deb nomlangan uşbu tanlovda öquvçilar 6 ta şart böyiça bellaşişdi. Özini taniştiriş, “mening kiyimlarim”, gaplarni tugallaş, “magic box”, yaʼni sehrli qutiça va pufak içidagi xazina kabi şartlarga köra 30-sonli maktabning “Smart” va 38-sonli maktabning “Stars” jamoalari özaro bellaşişdi.
Körik-tanlov davomida jamoalarni har ikkala maktabning ingliz tili öqituvçilaridan taşkil qilingan hakamlar hayʼati odilona baholab borişdi. Tanlov yakunida jamoalar teng ball töplaşga erişişdi va döstlik ğalab qozondi. Faol qatnaşgan öquvçilarga faxriy yorliqlar va sovğalar topşirildi.
Nargiza Qurbonboyeva, 30-sonli maktab ingliz tili fani öqituvçisi, Nodira Qurbonboyeva, 38-sonli IDUMning ingliz tili fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶