36-SONLI MAKTABDA QÖĞIRÇOQ TEATRI TOMOŞALARI NAMOYIŞ ETILDI
Qöğirçoq teatri tomoşalari bolalar qalbida yaxşilik, döstlik, jasurlik, qiyin paytlarda özgalarga yordam beriş kabi ijobiy fazilatlar muhrlanişiga jonli taʼsir körsata oladi. Ota-onalarning ögitlari, nasihatlari qançalar töğri ekanligiga ularda katta işonç uyğotadi.
Maktabgaça va maktab yoşidagi bolalarning axloqiy-estetik tarbiyalaşda qöğirçoq teatrining ahamiyati katta bölganligi sababli 36-sonli maktabning 4-“A” sinfi öquvçilari iştirokida teatr klubi taşkil etilib, ertak sahnalaştirildi.
15-may kuni maktab zalida teatr klubi aʼzolari tomonidan namoyiş etilgan “Şolğom ertagi”, “Baliqçi va baliq haqida ertak” tomoşalariga maktab öqituvçi va öquvçilari taklif etildi. Ertak qahramonlarini rolini öquvçilar Asilbek Rahimov, Asilbek Bobojonov, Asila Aşurboboyeva, Mohlaroyim Nuraddinova, Şahzod Sobirboyev, Şahzoda Sobirboyeva, Madina Azadboyeva, Dilnura Atamuradova, Parizod Baxtiyorova, Asilbek Faxriyev, Maftuna Xidirboyeva, Lobaroy Jumaboyevalar mahorat bilan ijro etdilar.
Undan taşqari, Şahzod Sobirboyev masal, ona haqida şeʼr aytib berdi. Öquvçi-qizlar raqsga tuşişdi. Sinfning sportçilari, faxrli örinlar sohiblaridan dzyudo böyiça Azamat Nurjanov, boks böyiça Asilbek Faxriyev, tennisçi Kamoladdin Soliyboyev, kuraşçi Şahzod Baxtiyorovlar ham şeʼr va qöşiqlar, raqslar ijro etişdi.
Tomoşalar maktab öquvçilarida katta taassurotlar qoldirdi.
Barno Matsapoyeva, şu maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶