14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 16:11
Jamiyat 👁 206

Yaxshilar yodi

Yaxshilar yodi

Esimda, Amudaryo sohilidan uncha uzoq boʻlmagan himoya dambasidan 200-250 metrcha ichkarida boshlangʻich maktabimiz boʻlardi. Loydan solingan,  pol oʻrniga pishgan gʻisht toʻshalgan, ikkitagina sinfxonasi bor, uzun koridorli maktabda har sinfxonada birinchi va uchinchi, ikkinchi va toʻrtinchi sinflar qoʻshib oʻqitilardi. Har sinfida oʻn nafarcha oʻquvchisi bor, pastak devori ohaklanib, oppoq boʻlib turadigan, atrofi tol, teraklar bilan oʻralgan maktabda men ilk taʼlim olganman.

Ushbu maktabimizda Otamurod Oʻtamurodov va Aqboʻlish opa Jayliyevalar oʻqituvchi boʻlib ishlashar, hech bir oʻquvchi ularning aytganidan chiqmas, muallimlarimiz nazarimizda dunyodagi eng aqlli, eng mehribon odamdek tuyular edi biz uchun. Maktabimiz yangi binoga koʻchib, toʻliqsiz oʻrta maktab, oʻrta maktabga  aylantirilgan vaqtlarda ham qalbimizda ilk ustozlarimizga boʻlgan hurmatimiz susaymadi.

Maktabda biz uchun xuddi ustozlarimizday kuyunchak, yupun kiyinib, maktabga sovqotib kelganlarni pechkaga olov yoqib yurib isintirib, kiyimlarini toʻgʻrilab, gʻamxoʻrlik qilib yuradigan yana bir inson – qorovul Habibulla bobo Sapayev bor edi.

Bolalar boboning toʻpolon qilmang, yugurishmang, bir-biringizga yoʻl bering, degan soʻzlarini hech ogʻir olmas, yoʻriqlaridan chiqmas edi. Bobo maktabni supurib-sidirib, pechkalariga oʻt yoqib, tinim bilmas, bahor kelishi bilan chor-atrofdagi daraxtlarga ishlov berar, butar, xodalarini chopar, maktab yeriga qovun, tarvuz kabi turli ekinlar ekar edi. Uning bu odati 1970-yilda maktabimiz yangi binoga koʻchib oʻtganida ham davom etdi. Sentyabrda yangi oʻquv yiliga oʻqishga kelgan bolalarga Habibulla bobo oʻzi yetishtirgan qovunlarini maqtab-maqtab kesib, tilimlab berardi. Men uchun qovunlardan ham boboning gurunglarini tinglash maroqli boʻlardi. Boisi, u Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi boʻlganligidan oʻsha olovli soʻqmoqlarda koʻrgan-kechirganlarini hikoya qilsa, hech kim joyidan jilgisi kelmay tinglardi.

Maktabimizda 9-may bayrami arafasida hududdagi urush faxriylari bilan uchrashuvlar oʻtkazilganida Habibulla boboni ham toʻrga oʻtqazishar, nafaqat oʻquvchilar, hatto oʻqituvchilar ham uning urush xotiralarini berilib tinglardi.

Habibulla Sapayev oilada toʻrt oʻgʻilning biri boʻlgan, 1908-yilda tugʻilgan. Avval ikki nafar akasi, keyinchalik u va ukasi frontga chaqirilgan. Akalaridan vafot etganligi toʻgʻrisida qoraxat kelgan boʻlsa-da, ota-onasi to hayotdan koʻz yumguncha kelar, deb umidvor boʻlib yoʻl qarashgan. 1943-yilda Habibulla va ukasi Saʼdulla Sapayevlar nogiron boʻlib qaytib kelishgan.

Ukrainani ozod qilish uchun janglar borayotgan vaqtda Habibulla Sapayevga yaqin joyda bomba portlagan. Oyogʻidan ogʻir yaralanib, tuproq tagida koʻmilib qolgan askarni safdoshlari koʻrmay, ilgarilab ketishgan.

– Oradan necha kun oʻtganini bilmayman. Bir it kelib mening tirik ekanligimni bilib, kiyimimdan tishlab tortib tuproq tagidan chiqardi. It orqamdan yur, deganday ilgarilab, irillardi. Men joyimdan qoʻzgʻala olmasdim. Aftidan, u frontdagi xizmat itlardan edi, talotoʻplarda safidan ajralib qolgan boʻlsa kerak. Keyin it chopqillab ketib qoldi va anchadan keyin oʻn yoshlardagi bir qizni ergashtirib keldi. Qiz menga nimalardir der, lekin bir-birimizning tilimizga tushunmasdik. Hademay  qizaloq turli yoshdagi mahalliy aholini boshlab keldi. Ular bizning qismlarimizdan biriga men haqimda xabar bergan. Shu tariqa meni harbiy gospitalga joʻnatishgan. Jarrohlik amaliyotlari, uzoq davolanishlardan soʻng, nogiron boʻlsam ham elimga qaytish baxtiga muyassar boʻldim, deb hikoya qilardi bobom, – deya bobosini xotirlaydi Habibulla Sapayevning nevarasi, 32-sonli maktab direktori Ravshanbek Shamshetov.

Habibulla Sapayev urushdan qaytgach, oila qurib, 4 nafar qiz farzandli boʻlib, ularning ardogʻida yashadi. Nogironman, demay maktabda qorovul, oʻtyoqar boʻlib ishladi. Barvasta qomatli, oq-sariqdan kelgan yuzi nurli, bolajon boboni faqat oʻquvchilar emas, butun ovulimiz odamlari yaxshi koʻrishardi.

U 1996-yilda 88 yoshida vafot etdi. Hozirgi kunda ham taʼlim olgan maktabimga borsam, xuddi Habibulla bobo kezib yurganday, xiyol oqsoqlanib menga peshvoz chiqadiganday tuyuladi menga.

9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida sevimli boboni eslab, u kishi haqida sizlarga ham aytib bergim keldi... Axir yaxshilar yodi mangu, deyishadi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019