ATROFIMIZDAGI YaXŞILAR
Iliq, samimiy sözlarni eşitişga ilhaq bölamiz-u uni kimlargadir aytiş, yaxşi işlari uçun rağbatlantirişimiz ham lozimligini doimo ham esimizda saqlayvermaymiz. Aslida bunga munosib odamlar atrofimizda talay. Ha, mehnat faoliyati, turmuş tarzi bilan jamiyatimiz tinç-osoyiştaligiga, rivojlanişiga munosib hissa qöşayotganlar köpçilikni taşkil etadi.
Manğit şahrining Beruniy mahallasida istiqomat qiluvçi, 13-sonli maktab direktori Murotboy Haybullayev şundaylar sirasidan.
U bolaligidan öqituvçi bölişni orzu qilardi. Şu bois, maktabni tugatgaç, Nukus Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetiga hujjat topşirib, sinovlardan muvaffaqiyatli ötdi va talaba böldi.
1982-yilda oliygohni bitirib kelgan yoş öqituvçiga 13-sonli maktabga, u paytlar Şevçenko nomli maktab deb atalardi, işga yöllanma berişdi. Iş boşlagaç, özi egallagan kasb masʼuliyatini çuqur his etdi. Har bir dars maşğulotida öziga tikilib turgan 25 nafardan ziyod öqişga, örganişga çanqoq öquvçilarning diqqatini öziga torta oliş, maşğulotlarni puxta özlaştirişiga erişişning özi bölarmidi? U baʼzan hayajonlanar, uddalay olayapmanmi-yöqmi, degan savolni öziga qayta-qayta berar, ijobiy javob topiş uçun tinmay intilardi. Öşa vaqtdagi maktab direktori, tajribali özbek tili va adabiyot fani öqituvçisi Yöldoş Ahmedov (Yaratgan rahmatiga olgan bölsin!) unga haq niyatlar bilan yöl-yöriq, dalda berib, könglini kötarar, senday işga fidoyi, bolalar uçun kuyunadigan öqituvçilar köp bölsa qaniydi, deya uning orzulariga qanot bağişlardi. Boisi, öşa vaqtlarda maktab öqituvçilar jamoasi orasida pedagogika bilim yurtlarini bitirib öqituvçilik qilayotganlar ham ança edi.
Hududda fan öqituvçilari yetişmasligidan ayrimlari Qiliçboy, Xitoy ovullaridan qatnab işlar, tezroq darsini ötib ketişga oşiqib turişardi.
Har qanday jamoada ham intiluvçan, izlanuvçan va iqtidorli xodimlar tez közga taşlanadi. Murotboy Haybullayevning ana şunday xislatlari hayotida muhim özgariş bölişiga asos böldi: ikki yillik öqituvçilik faoliyati bilan nazarga tuşdi, uni tuman rahbariyati Navoiy şahridagi mutaxassislar tayyorlaşga ixtisoslaşgan 3 oylik öquv kursiga yubordi. Öquv kursini tugatib qaytgaç, 1985-yildan esa tuman partiya qömitasi tarğibot-taşviqot bölimiga mutaxassis qilib tayinlaşdi. U bu lavozimda uç yildan ortiq işladi. 1988-yildan 13-sonli maktab direktorining öquv işlari böyiça örinbosari, 2009-yildan beri esa direktor bölib işlab kelayapti.
Ustoz-murabbiylik oson iş emas. Uning zahmatini, totini, gaştini şu kasb egalarigina çuqur his qila oladilar. Biroq öqiş, örganiş niyatida maktabga kelgan ilmga çanqoq 454 nafar öquvçi-yoşlarga 41 nafar öqituvçilar taʼlim-tarbiya berayotgan maktabga rahbarlik qilişçi? Axir har bir öqituvçi öz dunyoqaraşi, öz fikriga ega bölsa?..
– Menga ustozim Yöldoş aka Ahmedov nafaqat özbek tili va adabiyot fanini öqitişni, öqituvçilar jamoasiga rahbarlik qiliş mahoratini ham örgatib ketgan edilar. U kişi agar maktab rahbari odil bölsa, har bir öqituvçining köngliga yöl topib, yaxşilik sari yetaklay olsa, şu yerda taʼlim-tarbiya işlari yaxşi böladi, deb uqtirardi. Men qölimdan kelganiça qariyb 11-yildan beri ustozim ögitiga amal qilib işlayapman, – deydi Murotboy Haybullayev kamtarlik bilan.
Uning öz taʼbiriça “qölidan kelganiça işlagani” natijasida 13-sonli maktab tumandagi çor-atrofi obodonlaştirilgan, taʼlim-tarbiya yaxşi yölga qöyilgan namunali maktablar qatoriga kirdi. Joriy öquv yilida öquvçilarning bilim asoslarini qanday egallagani sinovdan ötkazilgan fanlar olimpiadasi natijasiga köra, tumandagi 87 ta maktab orasida mazkur muassasa törtinçi örinni egalladi. Şunisi eʼtiborliki, ayni kunda bu yerda öqituvçilik qilayotganlarning 70 foizidan ziyodini maktabning öz sobiq öquvçilari taşkil etadi. Bu taʼlim-tarbiya samaradorligini yaqqol körsatuvçi omillardan emasmi?
Direktorning har bir iş kuni avvalo maktab hududini bir bor közdan keçiriş, qilinişi lozim bölgan işlarni rejalaştirişdan boşlanadi. Şu boisdan ham maktab çor-atrofi kişi könglini quvontirgulik fayzga ega. Orastalik, obodonlikka eʼtibor sinfxonalarda, koridor va tögarak maşğulotlari olib boriladigan xonalarda ham öz ifodasini topgan, did bilan bezatilgan.
Murotboy Haybullayevning köngli heç qaçon erişilgan natijalardan xotirjam tortmaydi, aksinça ilmiy işlar böyiça, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosarlarini ham, öqituvçilarni ham doimo intilib işlaşga undaydi, jöyali maslahatlari, yöl-yöriqlari bölsa, albatta inobatga oladi.
– Men Murotboy akaning dars ötişiga havas qilib özbek tili va adabiyot fani öqituvçisi bölganman. Ustozimdan hozir ham faoliyatimga doir köp narsalarni örganayapman. Maktabimiz öqituvçilar jamoasining barçasining hurmatini qozonganligi, ular berilgan topşiriqlarni sidqidildan ado etişi Murotboy akaning rahbar sifatidagi yutuği, deb öylayman, – deydi tajribali öqituvçilardan biri Aziza Ahmedova.
Murotboy Haybullayevning oilasi ham köpçilik ibrat olsa, arzigulik namunali, farzandlari el xizmatida. Turmuş örtoği, talabalik – “oltin davr” aççiq-çuçugini birga totib, özi kabi ona tili va adabiyot fani öqituvçisi bölgan Dilorom opa Yoqubova bilan doim bir-biriga maslakdoş, toğday suyançiq. Dilorom opa 40-sonli maktabda 33-yil öqituvçilik qildi. Bir-ikki yillik tanaffusdan söng Beruniy mahallasidagi tuman Xotin-qizlar qömitasining xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassisi bölib, uç yil faoliyat yuritdi.
Şu muddat oraliğida u boş bölib ajrim yoqasidan saqlab qolingan, özaro nizolar barham topgan neça-neça oilalar opani duo qilib yaşaşmoqda. Ularning birga tarbiyalab voyaga yetkazgan 5 nafar farzandlarning bari öqib, işlab, hayotda öz örinlarini topişdi. Nazira 13-maktabda kimyo fani öqituvçisi, Dilfuza 40-sonli maktabda musiqadan dars beradi, Dilnoza Toşkent şahridagi radio-texnika kasb-hunar kollejida öqituvçi, Umida tarbiyaçi, Sarvar 13-sonli maktabda otasi bilan yonma-yon mehnat qilayapti, oilali. Bir nafar farzandi bor.
Hozir Murotboy akaning qizlari, kuyovlari, nevaralari bir yiğilişib kelsa, hovlisi xuddi töyday, nevaralarining şodon qiy-çuviga tölib ketadi.
Umri ana şunday saodatli va qaynoq mehnat jarayoni bilan keçgan sevimli ustoz yaqinda tabarruk 60 yoşini nişonladi. Döstlar-birodarlar, yaqinlar, ustoz-u şogirdlarining taşrifi, samimiy tabrik, tilaklaridan köngli toğday yuksalgan Murotboy aka va Dilorom opa qizlari ota-onasiga atab qöşiq kuylaganlarida, nevaralari raqsga tuşib, şirin zabon bilan qutlaganlarida... Yaratganga beadad şukronalar aytişdi, umrlari besamar ketmaganiga quvonişdi. Inson uçun, ota-ona uçun bundan-da ortiq baxt bormi, axir?
Bor kuç-ğayratini yoş avlod taʼlim-tarbiyasi yölida baxşida qilganlar nafaqat oila aʼzolari, yaqinlari, balki, butun xalqimiz ehtiromiga ham loyiqdir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶