Faol maʼnaviyat tarğibotçisi
Maktab – qutluğ dargoh. Har yili ana şunday muassasalardan minglab öğil-qizlar mustaqil hayotga yöllanma olişadi. Ularning hayotda öz örnini topişi, el koriga yaraydigan insonlar bölib yetişişi köp jihatdan ustozlar ibratiga, sifatli taʼlim berilişiga boğliq. Ayniqsa, maʼnaviy-maʼrifiy işlarni sifatli taşkil etiş, yoşlarning intellektul salohiyati, tafakkurini yuksaltiriş, ularning könglida el-yurtiga yuksak muhabbat va sadoqat tuyğularini şakllantirişda maktablar direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosarlarining hissasi katta.
Amudaryo tumanining Tölqin ovulida faoliyat yuritayotgan 32-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Xudoyor Xöjamurodov muassasa faoliyati namunali yölga qöyilişida samarali xizmat körsatayotgan fidoyi ustozlardan biri.
Uning öqituvçilik kasbini egallaşi ham bejizga emasdi. Otasi Saʼdulla Xöjamurodov, onasi Safargul Egizboyevalar ham öqituvçi bölganligidan oilasida bolalar tarbiyasi-taʼlimi xususida köp suhbatlar bölar, bolalarga nisbatan özgaça mehr, fidoyilik ufurib turadigan bunday suhbatlar Xudoyorni befarq qoldirmas edi. Ona tili va adabiyot fani öqituvçisi, ijodkor, öz sohasi böyiça öqişdan, izlanişdan töxtamaydigan, oilasida ham öquvçilarining bilimini oşiriş uçun ular bilan soatlab şuğullanadigan onasi kabi öqituvçi böliş orzusi uni doimo intilişga, tinimsiz ilm olişga undardi. Ilk mehnatlari samarasi - oliygohga öqişga kirganida juda xursand böldi.
Xudoyor Xöjamurodov 2005-yilda özi taʼlim olgan, dadasi, onasi mehnat qilayotgan maktabda öqituvçilik faoliyatini boşladi. 2013-yilgaça öquvçilarga ona tili va adabiyot fanidan dars berdi. 2013-yildan beri esa maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari bölib işlab kelayapti. U xizmat lavozimi taqozosiga köra, öqituvçilar jamoasida öquvçilarga sifatli taʼlim berilişini taʼminlaş, soğlom maʼnaviy muhitni şakllantiriş, öquvçilarda ilm olişga, öqib-örganişga rağbat uyğotiş, özaro ahillikda muassasa içki tartib-intizomiga rioya etişlariga erişiş, iqtidorlarini rivojlantiriş, isteʼdodlarini namoyiş etişlariga şaroit yaratiş kabi biri-biridan muhim va dolzarb işlarni aʼlo darajada uddalab kelayotir. Bular maktab öqituvçilari, öquvçilari erişayotgan yutuqlarda öz aksini topayapti.
Xususan ötgan yili muassasaning 11-sinfini bitirgan 25 nafar öquvçilarning 11 nafari respublikamizdagi turli oliygohlarning talabalari böldilar, 11-sinf öquvçisi Guldona Töliboyeva asosiy fanlar olimpiadasining respublika bosqiçida faol iştirok etib keldi. 4-sinf öquvçisi Ruxşona Norboyeva tasviriy sanʼat böyiça tanlovda tumanda 1-örinni egallab, Qoraqalpoğiston Rsepublikasi bosqiçida qatnaşib keldi va çizgan rasmlari yuqori baholandi. 7-sinf öquvçi qizlaridan taşkil topgan stritbolçilar jamoasi “Beş taşabbus olimpiadasi”da stritbol böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasida uçinçi örinni egalladilar.
Joriy yilgi xorijiy tillar eng yaxşi öqitiladigan maktab tanlovida uşbu muassasa faxrli 3-örin sohibi böldi va 50 million söm pul mukofoti bilan taqdirlandi. Xorijiy tillar fani öqituvçilari Timur YÖldoşev C1, Xurşida Rajabova B2 sertifikatlarini, Nuraddin Xöjaboyev, Sohiba Yöldoşeva, Alişer Abdullayevlar esa xalqaro va milliy sertifikatlarni himoya qilib oldilar.
Maktabda Şarofat Xolmurodova, Töliboy Yöldoşev, Mohinur Töraboyeva kabi ijodkor öqituvçilar ham borligi maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ayni kunda uşbu muassasada 47 nafar öqituvçilar 457 nafar öquvçilarga taʼlim-tarbiya berişmoqda. Erişilayotgan yutuqlarda Xudoyor Xöjamurodovning munosib hissasi bor.
Oygul RAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶