Xotira mangudir
Kimdir otasini erta yöqotdi,
Ayriliq dardida toşdayin qotdi.
Bu dunyo çarxida töz-töz yuraklar,
Umid eşiklarin noumid yopdi.
Sakson yoşdan oşgan nuroniy bobo,
Ota suratiga boqar mahliyo.
“Reyxstag ustiga bayroq tikdik”, deb,
Yozgan xati hamon közga tötiyo...
Uruş bolalarin birlari bobo,
Birlari nuroniy, möʼtabar momo.
Hamon armon bilan yaşab yuribdi,
Ayriliq dardiga topmayin davo.
Armonga qul bölib ötdi onalar,
Qaytib kelmadi, deb yovqur bolalar.
Ğarb ufqiga botgan quyoşga boqib,
Bağri lov-lov yongan bağri poralar.
Momomiz bölardi, ismi Safura,
Ğamdan beli tolgan, közlari xira.
Jigarporalarin uruşga berib,
Bağrida qolgani yolğiz xotira.
Qirq yil ostonadan ketmadi nari,
Közidan nur ketdi, tandan madori.
Sönggi damigaça eşikka boqib,
Eşik tutqiçida qoldi közlari.
Vasiyat qildilar: “Eşikni yopmang,
Oçiq tursin, – dedi, – şom-u sahar, tong.
Bolalarim qaytsa, sarson bölmasin,
Kelsalar, boşidan soçqilar soçing...”
Yetmiş sakkiz yilki, umidlar tözdi,
Sarğayib, titilib tugunlar tözdi.
Faryodlar bolalab yotgan yöllarda,
Nigoron umrlar... Umrlar tözdi.
Faqat tözgani yöq sabr-qanoat –
“Bolam!” deb, “Otam!” deb qayrilgan qanot.
Yillardan-yillarga ötaveradi,
Xotiraga köçgan navqiron hayot!
Mangu ön sakkizda, öttizda qolgan,
“Vatan!” deb Vatanga yetolmay tolgan.
Neça ming şahidlar izlarin izlab,
Dunyolar giryondir, odamzot giryon...
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶