21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 09:10
Adabiyot 👁 395

QORAQALPOQ ADABIYoTINING YIRIK NOMAYoNDALARI XOTIRASIGA HURMAT-EHTIROM KOʻRSATILDI

QORAQALPOQ ADABIYoTINING YIRIK NOMAYoNDALARI XOTIRASIGA HURMAT-EHTIROM KOʻRSATILDI

Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning bilimi, odobi va axloqiy sifatlarini baholab borish orqali ularning faolligini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Chunki sinfdoshlari va maktabdoshlari davrasida oʻzi erishayotgan yutuqlari haqida alohida eʼtirof etilib, maʼnaviy ragʻbatlantirilgan oʻquvchi oʻz ustida yanada samaraliroq ishlashga, yangi yutuqlarga erishishga intiladi.

Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabi pedagogika jamoasi tomonidan oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishning oʻziga xos va samarali uslubidan foydalaniladi. Maktabda har dushanba va juma kunlari ertalabki saflanish oʻtkaziladi. Bu saflanish vaqtida oʻquvchilarning hafta davomida olgan bilimlari, yutuq va kamchiliklari tahlil qilinadi. Alohida muvaffaqiyatga erishgan oʻquvchi-yoshlar maktabdoshlariga namuna qilib koʻrsatiladi hamda ularning yutuqlarini maktab miqyosida ommalashtirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari ham oʻtkaziladi. Dushanba kunlari esa yangi oʻquv haftasi uchun rejalar belgilab olinadi.

Joriy yilning 5-may sanasidagi saflanish hafta yakuniga bagʻishlandi. Unda anʼanaga koʻra, aʼlochi, jamoatchi va izlanuvchan oʻquvchilar boshqalarga ibrat qilib koʻrsatildi. Saflanish tadbiri davomida Oʻzbekiston Qahramonlari, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov hamda Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qaipberganov tavalludining 94 yilligiga bagʻishlangan adabiy xotira kechasi, shuningdek, faol oʻquvchi-yoshlarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Qoraqalpoq va oʻzbek adabiyotining zabardast namoyondalari, xalqimizning aziz farzandlari Ibroyim Yusupov qalamiga mansub sheʼrlarni oʻquvchilar mahorat bilan yoddan oʻqib berdilar. Shuningdek, Qoraqalpoq va oʻzbek adabiyotiga oʻzining betakror ijodiy faoliyati, biri-biridan qiziqarli nodir asarlari bilan munosib hissa qoʻshgan Toʻlerbergen Qaipberganov asarlari haqida toʻlqinlanib soʻz yuritdilar.

Tadbir davomida “Yosh gvardiyachilar” musobaqasining Amudaryo tumani bosqichida faxrli 3-oʻrinni egallagan “Qalqon” jamoasi tomonidan Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan jangovor mashqlar namoyish etildi.

Shundan soʻng, “Yosh gvardiyachilar” musobaqasining tuman bosqichida faxrli 3-oʻrinni egallagan “Qalqon” jamoasi aʼzolari, sport musobaqalari hamda fanlar olimpiadasi, turli xil koʻrik-tanlovlarda ishtirok etib, gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan munosib taqdirlandilar.

Saflanish tadbiridan soʻng, maktabning qoraqalpoq tili oʻqituvchisi Aptabida Abdumuratova tomonidan qoraqapoq adabiyoti yirik namoyondalari Ibroyim Yusupov hamda Toʻlerbergen Qaipbergenovlar ijodiga bagʻishlangan davra suhbati ham tashkil etilib, unda qoraqalpoq tili fani uslubbirlashmasi va “Ziyvar” toʻgaragi aʼzolari ishtirok etishdi.

Qiziqarli savol-javoblar Ibroyim Yusupov sheʼriyati va Toʻlepbergen Qaipbergenov asarlarining badiiy qimmati, tili va uslubi, ular yaratgan zamonamiz qahramonlarining yoshlar taʼlim-tarbiyasida tutgan oʻrni haqida soʻz yuritildi. Shu bilan birga Ibroyim Yusuopv sheʼriyati hamda Toʻlepbergen Qaipbergenov asarlarining bilimdonlari ham aniqlanib, alohida eʼtirof etildi. Qoraqalpoq tili oʻqituvchisi Aptabida Abdumuratova “Ziyvar” toʻgaragi aʼzolari uchun Qoraqalpoq tili va adabiyotining xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishdagi juda katta ahamiyati xususida sermazmun maʼruza qildi hamda toʻgarak aʼzolarining bu boradagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida qoraqalpoq folklor adabiyoti xazinasi durdonalaridan parchalar oʻqib berib, zakovat oʻyinlari oʻtkazdi. Oʻz navbatida toʻgarak aʼzolari qoraqalpoq folklor adabiyoti yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Barcha savollarga Aptabida Abdumuratova biri-biridan qiziqarli xalq ogʻzaki ijodi namunalari orqali javoblar berdi.

Maktabda oʻtkazilgan Saflanish tadbiri doirasidagi Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan adabiy kecha, shuningdek “Ziyvar” toʻgaragi aʼzolari ishtirokidagi davra suhbati qiziqarli taassurotlarga boy tarzda oʻtdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026