TUMAN PROKURATURASI YIRIK LOYIHALAR IJROSINI ÖRGANDI
Bugungi kunda Yangi Özbekiston böylab amalga oşirilayotgan keng kölamli bunyodkorlik işlari nafaqat şahar va tumanlarimiz qiyofasini özgartirmoqda, balki aholining turmuş darajasini yuksaltirişga xizmat qilmoqda. Davlat dasturlari doirasida barpo etilayotgan har bir inşoot — xoh u turar-joy majmuasi bölsin, xoh ijtimoiy soha obʼekti bölsin — sifatli va xavfsiz tarzda, belgilangan muddatlarda foydalanişga topşirilişiga asosiy masala sifatida qaraladi. Şu maqsadda Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan hududdagi strategik quriliş obʼektlarida nazorat tadbirlari va örganişlar olib borildi.
Maʼlumki, aholini arzon va sifatli uy-joy bilan taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biridir. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi Özbekiston” massivlarini quriş va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida Amudaryo tumanining Döstlik mahallasi hududida qad rostlayotgan “Yangi Özbekiston” massivi ana şunday yirik loyihalardan biridir.
Tuman prokuraturasi masʼul xodimlari mazkur massivda bölib, quriliş işlarining borişi bilan yaqindan tanişdilar. Örganiş jarayonida asosiy eʼtibor binolarning sifati, quriliş materiallarining standartlarga mosligi va eng muhimi — işçi-xodimlar uçun yaratilgan mehnat şaroitlariga qaratildi.
Quriliş maydoni — bu yuqori xavf manbai sanladi. Şu bois, prokuratura xodimlari tomonidan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilişi, işçilarning maxsus kiyim-boş va himoya vositalari bilan taʼminlanganlik darajasi qatʼiy nazorat qilindi. Zero, har bir bino poydevorida nafaqat beton va ğişt, balki inson mehnati va xavfsizligi yotadi.
Prokuratura xodimlarining navbatdagi nazorat manzili tumanning Oq oltin ovuli böldi. Bu yerda kelajagimiz egalari bölgan jajji bolajonlar uçun möljallangan 90-örinli maktabgaça taʼlim taşkiloti binosining quriliş-taʼmirlaş işlari közdan keçirildi. Mazkur ijtimoiy obʼekt Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025 — 2027-yillarda Özbekiston Respublikasining ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 454-sonli Qarori asosida barpo etilmoqda.
Ijtimoiy obʼektlar, ayniqsa, boğça va maktablar qurilişida masʼuliyat ikki hissa ortadi. Çunki bu binolarda ertaga farzandlarimiz taʼlim-tarbiya oladi. Şu bois, prokuratura vakillari binoning loyiha-smeta hujjatlariga mosligini, issiqlik tizimi, sanitariya-gigiyena talablari va pardozlaş işlarining sifatini çuqur tahlil qildilar.
Aytiş kerakki, ijtimoiy soha obʼektlarini qurişda quriliş qoidalari va normalariga qatʼiy amal qiliş jamiyat hayotida beqiyos ahamiyatga ega. Maktablar, boğçalar, şifoxonalar, madaniyat uylari, sport inşootlari kabi obʼektlar avvalo inson salomatligi, xavfsizligi va qulayligi uçun xizmat qiladi. Şu bois ularni barpo etiş jarayonida belgilangan meʼyoriy talablarga rioya etiş asosiy şart hisoblanadi.
Quriliş qoidalari va normalari binolarning mustahkamligi, seysmik barqarorligi, yonğin xavfsizligi hamda sanitariya-gigiyena talablariga javob berişini taʼminlaydi. Ayniqsa, yurtimiz seysmik faol hududda joylaşganini inobatga olsak, loyihalaş va quriliş işlarida uşbu meʼyorlarga amal qiliş inson hayotini saqlab qolişda hal qiluvçi omildir. Qoidalarga rioya qilinmagan hollarda esa turli avariyalar, quriliş nuqsonlari va inson salomatligiga tahdid soluvçi holatlar yuzaga kelişi mumkin.
Şuningdek, meʼyorlarga muvofiq qurilgan ijtimoiy obʼektlar uzoq yillar davomida samarali xizmat qiladi, taʼmirlaş xarajatlari kamayadi va davlat mablağlaridan oqilona foydalaniş taʼminlanadi. Bunday inşootlar fuqarolarda işonç uyğotadi, ijtimoiy infratuzilmaning barqaror rivojlanişiga xizmat qiladi.
Örganişlar davomida faqat tekşiruv bilan çeklanib qolinmadi. Joyining özida pudratçi taşkilot rahbarlari, muhandislar va quruvçilar bilan oçiq muloqot taşkil etildi. Suhbat çoğida quruvçilarni qiynayotgan muammolar, quriliş materiallari taʼminotidagi ehtimoliy uzilişlar va moliyalaştiriş masalalari örganildi.
Pudratçi taşkilotlarga quriliş işlarini belgilangan jadval asosida, sifat körsatkiçlarini tuşirmagan holda, öz vaqtida yakunlaş böyiça qatʼiy körsatmalar berildi. Şuningdek, byudjet mablağlarining maqsadli sarflanişi, talon-torojlikka yöl qöymaslik va korruptsion holatlarning oldini oliş yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borildi.
Xulosa örnida aytganda, Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan bu kabi nazorat tadbirlari qoğozdagi raqamlarning hayotda öz ifodasini topişiga, xalqimiz uçun qurilayotgan uy-joylar va boğçalarning uzoq yillar beminnat xizmat qilişiga kafolat böladi. Zero, qonun ustuvorligi taʼminlangan joyda sifat va taraqqiyot böladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶