Nazarxon ovulida yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi
Jamiyatning eng katta taʼsirçan kuçi sifatida bugun yurtimiz yoşlari davlatimizda olib borilayotgan keng islohotlar jarayonida faol iştirok etişmoqda, Vatanimiz taraqqiyotini taʼminlaş yölida öz ğoya va takliflari bilan maydonga çiqmoqda.
Şu boisdan, aytiş lozimki, yoşlarning intilişlari va hayotiy maqsadlari har qanday soha rivojida katta asos bölib xizmat qilişi, şubhasiz.
4-may kuni Amudaryo tumanining Nazarxan ovul fuqarolar yiğini binosida bölib ötgan uçraşuvda yoşlar bandligini taʼminlaş, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş çora-tadbirlari hamda ayni masalalarning eng muhim jihatlariga atrofliça töxtalib ötildi.
Uçraşuvda tuman Xalq qabulxonasi bölimi mudiri Erkin Rajabov, tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov tegişli korxona-taşkilot masʼullari va 20 ga yaqin faol yoşlar iştirok etişdi.
Uçraşuvda tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov yoşlar bandligi va bu orqali ularning daromad topişlarini taʼminlaş borasida sönggi yillarda amalga oşirilayotgan katta ijobiy özgarişlarga töxtalib ötdi. Şuningdek, joylardagi yoşlar muammolari va takliflarini örganişda işni avvalo, mahalladan boşlaş va yoşlarning kasbiy qiziqişlari va kelajak rejalarini aniqlaşda mahalla institutining ahamiyati katta ekanligini taʼkidladi. Bunda eng muhim masala sifatida mahalla xodimlari tegişli mutasaddi taşkilotlar bilan hamkorlikda yoşlar masalalariga “fuqarobay” yondaşişlari lozimligini aytib ötdi.
Şundan söng, yoşlarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlar asosan, bandlik, imtiyozli kredit oliş, kontrakt tölovining bir qismi tölab berilişi va boşqa masalalarda böldi.
Aksariyat murojaatlar joyida hal etildi. Baʼzilari tegişli taşkilotlar, xususan, bank va aholi bandligiga kömaklaşiş bölimlari tomonidan ijobiy hal etilişi uçun zarur çora-tadbirlar belgilanib, topşiriqlar berildi.
Şuningdek, uçraşuvda Amudaryo tumani Xalq qabulxonasi bölimi mudiri Erkin Rajabov yoşlar hayotiga oid muammolar yeçimini topiş va bu muammolarni tizimli ravişda hal etiş uçun keng qamrovli işlar amalga oşirilayotganligini aytib ötdi. Uçraşuvda yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularning ijodiy qobiliyatlarini yuzaga çiqariş uçun zarur şaroitlar yaratib beriş böyiça ham muhim fikrlar bildirib ötildi.
Albatta, yoşlar Vatanimizning ertangi umidlari, kelajagimiz davomçilaridir. Şu maʼnoda ularning orzu-intilişlari va hayotiy maqsadlarini amalga oşiriş, mustahkam qanot böliş bugungi kundagi katta va hayotiy maqsadga aylanmoği lozim. Tuman hokimi örinbosarining yoşlar bilan uçraşuvi ham ayni şu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶