BIZNING YÖLIMIZ - ENG TÖĞRI YÖL
2015-yil 17-yanvar kuni Prezidentimiz I.Karimovning Vazirlar Mahkamasining yil yakunlariga bağişlangan majlisidagi maʼruzasini teleekran orqali kuzatib, juda taʼsirlandim. Özim iqtisodçi bölmasam-da, majlisda tilga olingan raqamlarni, ösiş va özgariş surʼatlarini tinglab, şu yurtda yaşayotganimdan yana bir marta faxrlandim. Dunyoda hali-hamon moliyaviy inqiroz davom etayotgan bir paytda mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror yuqori ösiş surʼatlari taʼminlanayotgani dunyoda "özbek modeli” deya nom olgan milliy rivojlaniş strategiyamiz naqadar töğri ekanining yana bir isbotidir.
Prezidentimiz iqtisodiy körsatkiçlar haqida gapirib, ötgan 2014-yilda foydalanişga topşirilgan, zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan yirik yangi obʼektlar haqida sözlar ekan, "Qoraqalpoğiston Respublikasidagi "Manğit” masʼuliyati çeklangan jamiyati bazasida yiliga 5 ming tonna mahsulot çiqariş quvvatiga ega bölgan ip-kalava yigiruv korxonasi taşkil etildi”, deya alohida tilga olişi har bir amudaryolik qalbida faxr-iftixor tuyğusini uyğotgani sir emas.
Maʼruzada Prezidentimiz tomonidan keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga eʼtibor beriş, ularga körsatiladigan tibbiy va ijtimoiy xizmat darajasi va sifatini oşiriş, tumanlar va mahallalarda qariyalarimiz uçun muloqot markazlari, ularning qiziqişlaridan kelib çiqqan holda, turli klublar taşkil etiş, jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişlari uçun şaroitlar yaratiş kabi masalalarni öz içiga oladigan dastur işlab çiqiş vazifasini bergani xalqimizga xos ezgu fazilatlar, davlatimizning keksa avlod vakillariga bölgan ulkan eʼtibor va ğamxörligining yorqin ifodasi böldi va bundan biz – nuroniylarning könglimiz yuksaldi.
Yurtboşimiz va davlatimizning bunday eʼtibor va ğamxörligidan bahramand bölayotganimiz bizga kuç-quvvat, tetiklik bağişlamoqda. Mustaqillik şarofati bilan yurtimizda yaşovçi har bir nuroniy tinç-totuv, farzand-u nabiralar qurşovida baxtli hayot keçirmoqda. Bularning barçasi uçun Yaratganga şukronalar aytamiz, har tongda yurtimiz tinç, xalqimiz omon bölişini sörab duoga qöl oçamiz.
Bekman Allambergenov,
"Nuroniy” jamğarmasining tuman bölimi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶