25-aprel Butunjahon bezgakka qarşi kuraş kuni
JSSTning 2007-yil may oyida bölib ötgan 60-sessiyasi qaroriga köra, dunyo böyiça har yili 25-aprel Butunjahon bezgakka qarşi kuraş kuni sifatida nişonlanadi.
Butunjahon bezgakka qarşi kuraş kuni - bezgak kasalligini yuqtiriş xavfi, bezgak böyiça noxuş hududlarga çiqişda şaxsiy himoya çoralari haqida xabardor qiliş, bezgakni davolaş mumkinligi va aholiga profilaktika çoralarini köriş zarurligini tuşuntiriş maqsadida eʼlon qilindi. 2020-yilda dunyoning deyarli yarim aholisi bezgak xavfi ostida ekanligi maʼlum böldi. JSSTning statistik maʼlumotlariga köra, 2020-yilda dunyo böylab 241 mln aholi bezgak bilan kasallandi va ulardan 627 ming nafari vafot etdi.
2019-yildan buyon "Bezgakni yöqotiş mendan boşlanadi" şiori ostidagi uşbu kun nişonlanib kelinmoqda. Bezgakni faqat tibbiy xizmat yordamida yengib çiqiş juda qiyin. Buning uçun barça taşkilotlar va muassasalar, xususiy va davlat korxonalari kuçlarini birlaştirişlari zarur. Şuningdek har kim bu kasallik haqida maʼlumotga yega bölişi, hamda uning oldini oliş yöllari bn taniş bölişi şart. Özingizni bezgakdan faol himoya qiliş orqali siz Özbekistonda va butun dunyoda bezgakka qarşi kuraşda iştirok yetgan bölasiz.
Bezgak kasalligi - bu odamlarda uçraydigan xatarli yukumli kasallik. Uni fakat mikroskop yordamida köriş mumkin bölgan parazitlar–plazmodiylar orkali çakiriladi. Plazmodiylar sodda jonivorlar sinfiga mansub. Parazitlar odam konida, yani eritrotsitlarda yaşaydilar va köpayadilar, bunda eritrtsitlarni yemirib kam qonlik keltirib çiqaradi, bundan taşqari organizmning kon işlab çikaruvçi, asab, kon-tomir va boşka tizimlar faoliyatining buzilişlariga olib keladi. Bazan kasallik şu kadar oğir keçadiki, davolaşni öz vaktida boşlamagan xollarda bemor kasallik boşlangandan bir neça kun içida xalok bölişi mumkin. Bezgak kasalligi bemor odamdan soğlom odamga Anopheles uruğiga mansub bölgan çivinlarning (halq tilida-paşşa) urğoçi turlari çakişi tufayli bemor odamdan soğlom odamga ötadi. Bunday çivinlarni bezgak çivinlari deb xam ataydilar . Bezgak çivinlari kasal odam yoki hayvonlarning qonini sörganda özlariga parazitni yuqtirib olişadi, keyinçalik bu çivinlar havfli hisoblanib, soğlom odam va hayvonlarga tarqatadi. Bezgakda bemor tana harorati 39-41 va undanda yuqori kötarilişi kuzatiladi, 10-15 minutdan keyin xarorat tuşib bemor sovuqotadi, şu tarzda harorat huruji qaytalanib turadi. Bu holat kunlab davom etişi mumkin. Bundan taşqari bemorda jigar va taloqning kattalaşişi, kamqonlik alomatlari kuzatiladi. Agarda Sizda:
- 2-3 kun davomida tana xaroratingiz kötarilgan, şuningdek boş, böğinlar oğrigi, köngil aynişi, yötal va şunga öxşaş şamollaş belgilari bölsa;
- qaltiraş bilan keçadigan vaqti-vaqti bilan haroratning kötarilişi kuzatilsa;
- isitmalaş 4 kun va undan ortiq vaqt davom etib, qöyilgan taşxisga binoan davolaşga qaramasdan töxtamayotgan bölsa;
- isitmalaş 4 kun va undan ortiq vaqt davom etib, bunda taşxis qöyilmay yoki «etiologiyasi aniq bölmagan isitmalaş» taşxisi qöyilganda;
- bezgak kasalligi böyiça endemik (kasallik mavjud bölgan) bölgan davlatlarga borgan bölsangiz;
- isitmalaş yöq, lekin taloq va jigaringiz kattalaşgan, sariqlik va sababi maʼlum bölmagan kamqonlik alomatlari kuzatilsa; şifokoringizga murojaat qilişingizni maslahat beramiz. Öz soğliğingizga va atrofingizdagilarning soğliğiga befarq bölmang.
Töliboy Atamuratov, Jamol Kamolov, Amudaryo tumani sanitariya epidemioligik-osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi parazitolog şifokorlari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶