“XALQ KONSTITUTsIYaSI BILAN XALQÇIL DAVLAT SARI!” ŞIORI OSTIDA TARĞIBOT TADBIRI ÖTKAZILDI
Amudaryo tumanida Respublika tarğibotçilar guruhi iştirokida referendumda faol bölişga çorlovçi “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqçil davlat sari!” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tarğibot tadbirlari taşkil etildi.
18-aprel kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan taşkil qilingan uşbu tadbir dastlab Daryoböyi mahallasidagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ötkazildi. “Inson qadri ustuvor bölgan yurtda rivojlaniş böladi” nomli musiqiy-badiiy tadbirda 140 nafardan ziyod amudaryoliklar iştirok etişdi. Ular Respublikadan taşrif buyurgan sanʼatkorlar ijrosidagi Vatan, tinçlik haqidagi kuy-qöşiqlarni tinglab, tomoşa qilişdi. Elimiz suygan sanʼatkorlarning çiqişlari tadbir iştirokçilariga juda katta zavq bağişladi.
Tadbir davomida Respublikadan taşrif buyurgan tarğibotçilar guruhi Daryo böyi mahallasida yaşovçi boquvçisini yöqotgan Fazilat Matyoqubova xonadoniga taşrif buyurib, oila holidan xabar olişdi va ularga homiylik yordamlarini körsatişdi.
Kunning ikkinçi yarmida tadbirlar tuman Madaniyat bölimining kontsertlar zalida davom ettirildi. Unda Respublika tarğibotçilar guruhi “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqçil davlat sari!” mavzusida yangi qabul qilinişi rejalaştirilgan Konstitutsiya maʼno-mazmuni, xotin qizlar, yoşlar va aholini qöllab-quvvatlaş böyiça kiritilayotgan özgarişlar, yangi normalar bilan taniştirişdi.
Har bir mamlakat Konstitutsiyasi uning siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanligini aytib, sönggi yillarda mamlakatimizda Yangi Özbekistonni quriş yölida salmoqli yutuqlarga erişilgani, Konstitutsiyaga özgartişlar kiritiş böyiça bölib ötadigan referendum mamlakatimizning zamonaviy tarixida muhim siyosiy voqea ekanini alohida eʼtirof etişdi.
Tadbirda Asosiy qonun loyihasini tayyorlaş jarayonida fuqarolarning faol iştirok etgani va Boş qonunimiz mamlakat hayotining barça jabhalarida keçayotgan tub özgarişlarning uzviy qismi ekanligi, ularning mustahkam huquqiy asosini yaratişi hamda jamiyatdagi bugungi real voqelikka va şiddatli islohotlarga moslaştirilgani töğrisida batafsil tuşunçalar, maʼlumotlar berildi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya çinakam xalqparvar davlatçilik asoslarini yaratişi, aholi farovonligini oşirişi, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirişi hamda jamiyat hayotining barça sohalarida muhim omil bölişi, asosiysi Yangi Özbekiston taraqqiyotida yangi davrni boşlab berişi alohida taʼkidlandi.
Zulfiya nomli Davlat mukofoti sovrindori, amudaryolik Barno Samandarova ham Konstitutsiyaviy qonun loyihasida yoşlarga oid yangi normalar belgilanayotganidan yanda ruhlangani haqida sözladi. Şuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat yoşlarning şaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinişini taʼminlaşi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol iştirok etişini rağbatlantirişi haqidagi normalar kiritilganini aytib ötdi. Respublikaning eng çekka hududidan bölişiga qaramasdan, uşbu mukofotni olişga muvaffaq bölgani yoşlarga qaratilgan eʼtiborni yorqin dalili ekanligini faxr bilan eʼtirof etdi.
Tadbirda Respublikadan taşrif buyurgan taniqli sanʼatkorlar va tuman Madaniyat bölimi xonandalari tomonidan musiqiy dastur namoyiş etilib, iştirokçilarga bayramona kayfiyat ulaşildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶