TANIQLI IJODKOR MAKTAB ÖQUVÇILARI BILAN UÇRAŞDI
Maʼlumki, 2019-yilning mart oyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 5 ta muhim taşabbus ilgari surilgan edi. Bu taşabbuslar yoşlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etiş, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan töğri foydalaniş könikmalarini şakllantiriş, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş vazifalarini öz içiga olgan edi.
Ayni kunda mamlakatimizning barça joylarida, jumladan Amudaryo tumanida ham mana şu 5 ta muhim taşabbus doirasida belgilangan vazifalarni bajariş yuzasidan kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Bu borada ayniqsa, 56-sonli maktabda olib borilayotgan işlar kişini quvontiradi. Ayni kunda bu taʼlim muassasasida öquvçilarni kitobxonlikka, sanʼatga va sportga qiziqtiriş maqsadida qator tadbirlar ötkazilmoqda.
Şunday tadbirlardan biri yaqinda Boyovul mahallasida istiqomat qilayotgan taniqli rassom va haykaltaroş, Özbekiston xalq taʼlimi aʼloçisi Bozorboy Xolimbetov iştirokida ötkazildi. Uşbu uçraşuv tadbirini maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi Allambergan Jumaniyozov kiriş söz bilan oçib, öquvçilarni rassom va haykaltaroş Bozorboy Xolimbetov bilan taniştirdi hamda uning ijodiy faoliyati haqida gapirib berdi.
Şundan keyin Bozorboy Xolimbetov tasviriy va amaliy sanʼat hamda ularning turlari haqida maʼruza qildi. Uşbu maʼruzada tasviriy sanʼatning rangtasvir, mozaika, miniatyura, natyurmort, haykaltaroşlik, amaliy sanʼatning öymakorlik, naqqoşlik, zargarlik, zardözlik, kaştaçilik va gilamdözlik turlari böyiça berilgan tuşunçalar öquvçilarda katta taassurot qoldirdi.
Uçraşuv tadbirida maktabning 7-sinf öquvçilaridan Rayxon Töraboyeva, Umida Nurullayeva, Ruslan Olimboyev, Ruhşona Jumaboyeva va Gözaloy Şukurullayevalar sözga çiqişib, bu uçraşuv ularda tasviriy va amaliy sanʼatga bölgan qiziqişni yanada oşirgani haqida gapirdilar.
Uçraşuv tadbiri yakunida maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça maktab direktori örinbosari Rohatoy Xudoyberganova sözga çiqib,maktabga taşrifi uçun taniqli rassom va haykaltaroş Bozorboy Xolimbetovga maktab jamoasi nomidan minnatdorçilik bildirdi.
Madina MUHAMMADSOLIYeVA, maktabning “Yoş jurnalistlar” tögaragi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶