“KITOB BIZNING DOʻSTIMIZ” DEB NOMLANGAN KITOBXONLIK TANLOVI OʻTKAZILDI
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqimiz orasida adabiyot va kitobxonlikni targʻib qilish, ulugʻ siymolar tavallud kunlariga bagʻishlab adabiyot kunlarini oʻtkazish va yubiley yoshi belgilanadigan yozuvchi, shoirlarning hayot va ijodini targʻib qilish maqsadida yoshlar oʻrtasida kitobxonlik tanlovi oʻtkazildi.
Shu yil 4-aprel kuni 38-sonli maktabda “Kitob bizning doʻstimiz” mavzusida boʻlib oʻtgan ushbu tanlovda tumandagi 8-9-sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Tanlovda kitobxon yoshlar oʻzini tanishtirish, naql maqollarni toʻliqtirish va mazmunini aytish, yubiley sanalari belgilangan shoirlarning hayoti va ijodi boʻyicha gapirib berish, 2023-yilda yubiley sanalari nishonlanadigan shoirlarning sheʼrlaridan ifodali oʻqib berish kabi shartlar boʻyicha belashib, bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.
Tanlov yakunida 1-sonli maktab oʻquvchisi Iroda Yoʻldosheva 1-oʻrinni, 3-sonli maktab oʻquvchisi Umida Doniyorova 2-oʻrinni, 6-sonli maktab oʻquvchisi Oltinoy Yoʻdosheva 3-oʻrinni egalladi. Gʻoliblarga Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi.
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman boʻlinmasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶