12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:52
Sport 👁 423

“Beş taşabbus paralimpiadasi”ning mamlakat bosqiçi ğolibi – amudaryolik Nursulton Sariboyev navbatdagi musobaqalarga qizğin tayyorgarlik körmoqda

“Beş taşabbus paralimpiadasi”ning mamlakat bosqiçi ğolibi – amudaryolik Nursulton Sariboyev navbatdagi musobaqalarga qizğin tayyorgarlik körmoqda

Oilada dunyoga kelgan farzandning kelajakda qanday inson bölib voyaga yetişi ota-ona, maktab taʼlim-tarbiyasiga  boğliq. Ularning uyğun tarbiyasi orqali yoş norasidada şakllangan xarakter kelgusida uning jamiyatdagi örnini belgilab beradi. Ha, şunday. Illo heç kimning husni-jamoli, böy-basti yo qimmatbaho kiyimlari, şohona qasrlari emas.

Boyovul mahallasida yaşovçi mavsumiy işçi Nurlan Umrzoqov va ayoli Şahnoza Berdiyevalar oilasida dunyoga kelgan ilk farzandning jismida nuqsoni bölsa-da, taqdirlaridan nolimadilar, nega bunday böldi, deb noşukurlik qilmadilar. Aksinça könglini öksitmay, aqlli, intiluvçan, sabr-bardoşli qilib voyaga yetkazişga intildilar.

2022-yilning oxiri kunlaridan birida “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining final bellaşuvlari 16-sonli maktab sobiq öquvçisi, Toşkent Axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali kompyuter injiniring fakulteti dasturiy injiniring yönalişi 2-bosqiç talabasi Nursulton Sariboyev hayotida öçmas iz qoldirdi. U uşbu musobaqada stol tennisi böyiça parasportçilar orasida quyi bosqiçlarda ğolib çiqib, final bosqiçida kuç sinaşdi va ğoliblikni qölga kiritdi. Bu bilan u heç kimdan kam emasligini, tinimsiz maşqlar davomida qançalik mahoratga ega bölganini, öz oldiga qöygan maqsadi çempion böliş uçun neçoğlik sabot-matonat bilan intilganini amalda ifoda etdi.

Stol tennisi. Bir qaraşda osondek tuyuladigan kiçik koptok va raketkalar bilan stolda öynaladigan bu sport turi aslida sportçidan öta çaqqonlikni, ziyraklikni va butun fikrini-zikrini öyinga qaratişini talab etadi. 1988-yildan Olimpiada öyinlari dasturiga kiritilgani uşbu sportning nufuzi va ommaviyligidan darak beradi. Demoqçimanki, Nursulton Sariboyev “Beş taşabbus olimpiadasi” sport öyinlaridagi ğalabasini osonlikça qölga kiritgani yöq.

U 16-sonli maktabning 5-sinfida öqib yurgan vaqtlarida uylariga yaqin joylaşgan tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabining Çordara mahallasida joylaşgan bazasidagi stol tennisi guruhiga qatnay boşladi. Bu yerda unga yoş murabbiy qiz Hamida Rajabova uşbu sport turi sir-asrorlarini qunt bilan örgatdi, tinimsiz maşğulotlar davomida mahorat, özini qölga olib, butun eʼtiborini öyinga qaratiş könikmasini örgatdi. U murğak qalbida şakllangan soğlom tengdoşlariday natijalarga erişiş orzusi tufayli maşğulotlardan bezmadi, intilişdan töxtamadi. Natijada sport maktab, respublika sport maktablariaro ötkazilgan oçiq birinçiliklarda mahoratini namoyiş etib, faxrli örinlarni egallay boşladi. 15 yoşga yetganida Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosidagi musobaqalarda qatnaşib, stol tennisi umidli sportçisi ekanligini körsata oldi.

Baʼzan odamlar, yoşlar orqasida qolgan yillariga nazar taşlaganida şu vaqtlar bir zumda ötib ketgandek his  etadi özini. Biroq Nursulton maktab öquvçisi, Amudaryo kasb-hunar kolleji öquvçisi davrlarida hayotida öçmas qoldirgan, faxr-iftixor bilan eslaydigan nurli kunlari köp böldi. Uning turli yillarda, turli musobaqalarda olgan medallari, diplom, Faxriy yorliqlari buni yaqqol körsatib turibdi. Hamida Rajabova bilan ötkazgan maşğulotlari barça yutuqlariga deboça böldi, desak adaşmaymiz. Uning yutuqlari faqat stol tennisida emas, şu kungaça futbol, voleybol, taekvando, yuguriş kabi sport turlari  böyiça ham köpgina musobaqalarda ğoliblikka  erişgan. 2022-yil sentyabrida parataekvando böyiça ötkazilgan Qoraqalpoğiston çempionatida 2-örin, şu sport turi böyiça 2023-yil fevralida ötkazilgan Qoraqalpoğiston çempionatida yana 2-örin, şu yil 12-martda  Nukus şahrida yuguriş böyiça “Yangi nafas” nomi bilan ötkazilgan  marafonda parasportçilar orasida  2-örin... Bunday qaydlarni yana ança davom ettirişimiz mumkin.

– Keyingi vaqtlarda köproq vaqtimni öqişga, mutaxassisligimni puxta egallaşga  qaratganimga sportdagi natijalarim biroz pasaygandi. “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalaridagi natijamdan juda quvondim. Final öyini tugaşi bilan ota-onamga, ustozim Hamida opaga, oliygohdagi ustozlarimga qönğiroq qildim. Taqdirlaş marosimida şohsupaning eng yuqorisida turganim, ğolib ekanligimni eʼlon qilganlari juda sururli edi. Bilasizmi, şohsupada turibman–u, şu kungaça stol tennisi böyiça çarçoqni pisand qilmay, issiq-sovuqlarda maşq qilganlarim, baʼzan yutqazganlarim köz oldimdan bir-bir ötdi, – közlari yonib sözlaydi Nursulton.

Ha, hayot doim bir maromda davom etmaydi. Baʼzida uçraydigan muvaffaqiyatsizliklar tufayli odam ruhini sindirmasligi, umidini söndirmasligi lozim. Doim öziga işongan, olğa intilganlar nurli manzillarga yetadi.

Buni Nursulton Sariboyevning hayoti misolida ham körişimiz mumkin. Unda bunday iroda, kuçni tarbiyalagan ota-onasi, ustozlari. Şu boisdan Nursultonning hayotda, sportda erişgan har bir ğalabasi ularni quvonçga belaydi.

– Hayotda odam intilişlari, mehnatlari orqali öz örnini topadi. Nursultonning mavqeiga, erişgan yutuqlariga öttiz ikki muçasi soğ tengdoşlari ham havas qilişayapti. U bunga arziydi ham. Qöşa-qöşa medallar, diplomlar sovğalar unga bejiz berilmagan, – deydi tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabi direktori Çorşam Tajimurodov.

– Şogirdlarimning musobaqalardagi iştirokini yurak hovuçlab ötirib kuzataman. Nursultonning “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalaridagi paratennis turida erişgan ğalabasidan boşim osmonga yetdi, – deydi uning murabbiyi Hamida Rajabova. Uni şunday yetuk  qilib voyaga yetkazgan ota-onasi Nurlan Umrzoqov, Şahnoza Berdiyevalarga havasini yaşirmaydi. Bu bejiz emas. Çunki murabbiy Nursultonni ota-onasi doim qöllab, qiziqişlarini hurmat qilişini, farzandlari kamoli uçun hamma narsaga tayyor ekanligini biladi.

Ha, oila ham tarbiya maskani. Nurlan Umrzoqov va Şahnoza Berdiyevalar oila qörğonida voyaga yetayotgan boşqa farzandlari ham intiluvçan, dadil. Nursultondan kiçigi Madina Nukus davlat pedagogika instituti, Nurjamol Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari. Mavsumiy işda işlasa-da uç nafar farzandini birdaniga oliygohlarda öqitayotgan ota 16-sonli maktab 10-sinf öquvçisi, kenjatoy farzandi Quvonçning oliygohga kirişi uçun qöşimça darslar olişini ham taʼminlayapti. Köpqavatli uyning torgina kvartirasida ham tört nafar farzandni ilm-maʼrifatli, köngli toza, odobli qilib voyaga yetkazayapti.

– Özimiz öqiy olmagan edik. Bolalarimizni öqitib, orzularimizga erişganday bölayapmiz, – deydi oila bekasi kulib.

Ha, ota-ona uçun farzand kamolidan ortiq baxt yöq dunyoda. Biz ana şunday orzular umidida farzandlarini nurli yöllarga yetaklayotgan ota-onaga hali barça yaxşi kunlar oldingizda, mehnatlaringizning mevasi totli böladi, degimiz keladi. Joriy yilgi “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining parataekvando turi böyiça ilk musobaqalarga qizğin tayyorgarlik körayotgan Nursultondan esa yangi ğalabalar kutib qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026