YeR MUNOSABATLARIDA TENGLIK VA ŞAFFOFLIK TAʼMINLANADI
Yer uçastkalarini ajratişning barça uçun teng, şaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etiş, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlaş, yerlarni muhofaza qiliş, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlaş, şuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilaş orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obʼekti sifatida erkin muomalaga kiritişga qaratilgan qator islohotlar amalga oşirib kelinmoqda.
Prezidentimizning “Yer munosabatlarida tenglik va şaffoflikni taʼminlaş, yerga bölgan huquqlarni işonçli himoya qiliş va ularni bozor aktiviga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoniga köra, 2021-yil 1-avgustdan boşlab, yer uçastkalari xususiy sektorga mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlariga doimiy foydalaniş huquqi asosida ajratilişi yölga qöyildi.
Farmonga muvofiq, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtinça foydalaniş huquqi bilan yer ajratiş tartibi bekor qilindi. Bunda ilgari ajratilgan yer uçastkalariga bölgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qolindi. Ijaraga olingan yer uçastkasida qonunçilikda körsatilgan tartibda qurilgan köçmas mulk obʼektiga mulk huquqi boşqa şaxsga ötgan taqdirda, uşbu obʼektga mulk huquqi bilan birgalikda u joylaşgan yer uçastkasiga bölgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga ötişi belgilandi.
Mazkur Farmon yerdan oqilona foydalaniş orqali xalqimizning turmuş farovonligini oşiriş borasida boşlangan islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqişda muhim asos böladi. Şuningdek, yer bilan boğliq munosabatlardagi korruptsion holatlarning oldi olinadi hamda yerdan foydalaniş borasida barça uçun şaffof bölgan tizim yölga qöyiladi. Qonunçilikdagi bu kabi normalarni mukammallaştiriş, fuqarolarning huquq va manfaatlarini yanada kuçli muhofaza etiş, qonun ustuvorligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tumani sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶