BUTUNJAHON SILGA QARŞI KURAŞ KUNIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR BÖLIB ÖTDI
Sil (tuberkulyoz) insoniyatga qadimdan maʼlum kasallik bölsa-da, şu kungaça ham dunyo aholisi bu darddan butunlay xalos böla olmadi. Aksinça ayni kunda ham turli yoşdagi odamlar, yoşlar orasida tobora köpayayotgani qayd etilmoqda.
Yer yuzida eng köp tarqalgan yuqumli va surunkali uşbu kasallikning yuqiş yöli – kasallik tayoqçalarining organizmga tuşişidir. Sil tayoqçasi avval öpkani zararlaydi. Ayrim hollarda miya, miya qobiği, suyak, böğin, köz içak va boşqa aʼzolar sili ham uçrab turadi.
Şuni alohida ehtirof etiş joizki, yurtimiz zamonaviy tibbiyoti aksariyat sil kasalliklarini davolaş imkoniyatiga ega. Agar kasallikni aniqlaş davolaş töğri, qatʼiy nazorat ostida va muntazam olib borilsa, bemor albatta, soğayib ketadi.
Silga çalingan odamlarda birinçi galda yötal, keyinçalik tez çarçaş, quvvatsizlik, kökrak qafasda oğriq, iştaha pasayişi, ozib ketiş holatlari paydo böladi. Agar kimdir ikki haftadan ortiq yötalsa, darhol tibbiy muassasaga murojaat qilişi, çuqur tekşiruvlardan ötişi lozim.
Afsuski, odamlarning öz soğliqlariga beparvoligi yoki sil kasalligiga çalinganini bilsa ham öz vaqtida qatʼiy nazorat ostida davolanmasligi, öz bilganiça turli dorilarni qabul qilişi, öz kasalligini boşqalarda berkitişga urinişi baʼzan salbiy oqibatlarga olib keladi.
Ana şunday köngilsizliklarni oldini oliş maqsadida tumanimizda aholi orasida tuşuntiriş-tarğibot masalalari tez-tez ötkazilmoqda.
Şunday tadbirlardan biri joriy yilning 24 kuni Manğit dehqon bozorida ötkazildi. Unda tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokorlari Matyoqub Ernazarov, Gulora Abdullayeva, Tamara Saidova, “Çegarasiz şifokorlar” taşkiloti xodimi Tursunoy Sultonboyevalar qatnaşdilar.
Oçiq muloqot tarzida “Butunjahon silga qarşi kuraş kuni” munosabati bilan ötkazilgan tadbirda Dehqon bozorda faoliyat yurituvçi, şuningdek rözğori xarajatlari uçun bozorga taşrif buyurgan aholi vakillari iştirok etdilar.
“Çegarasiz şifokorlar” taşkiloti xodimi Tursunoy Sultonboyeva yiğilganlarga 1982-yildan boşlab “24-mart – Xalqaro silga qarşi kuraş kuni” deb eʼlon qilinganiligi, Jahon Soğliqni Saqlaş taşkiloti bu kunni alohida nişonlaş orqali fuqarolarni kasallikka doir, uning yuqişidan ogoh etiş, saqlaniş çoralari haqida maʼlumotlarni keng ommaga yetkaziş maqsad qilganini batafsil tuşuntirdi. Şuningdek, tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokorlari tumanimizda uşbu kasallik profilaktikasi, davolaş yöllari, silga çalinganlarni soğlomlaştiriş maqsadida hukumatimiz körsatayotgan ğamxörliklar haqida maʼruza qildilar.
Aholining soğlom turmuş tarzi, sil kasalligi haqidagi bilimlarini sinovdan ötkaziş maqsadida savol-javoblar ötkazildi va bu boradagi savollarga aniq, töliq javob berganlar rağbatlantirildi.
Yiğilganlar sil kasalligidan himoyalaniş, soğlom ovqatlaniş, oilada sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinişining ahamiyati xususidagi maʼruzalarni ham qiziqib tingladilar va şifokorlarga özlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar oldilar.
Maʼlumot uçun: Özbekistonda DOTS dasturiga muvofiq silga qarşi şifoxonalar bepul dori-darmonlar bilan taʼminlangan, hozirgi zamonaviy tibbiyot bu yuqumli kasallikni yengiş imkoniga ega.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶