16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:59
Qishloq xoʻjaligi 👁 886

TOMORQA XOʻJALIKLARI JADAL RIVOJLANMOQDA

TOMORQA XOʻJALIKLARI JADAL RIVOJLANMOQDA

Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish orqali fuqarolarning oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida ish bilan taʼminlanishiga koʻmaklashish maqsadida Amudaryo tumanida  8 ta “Tomorqa xizmati” MChJlar tashkil qilinib, aholi tomorqalariga sifatli xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Shuningdek, 2023-yilda “Jumurtov tomorqa xizmat” MChJ negizida tomorqachilik klasteri tashkil etilib, 12 ta yoʻnalish boʻyicha loyihalar ishlab chiqilgan. Ushbu loyihalarga koʻra, tomorqa yer egalarini zarur koʻchatlar, texnika xizmati, mahalliy va mineral oʻgʻitlar bilan muntazam ravishda taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

Joriy yilda amudaryolik dehqonlar 2023-yil hosili uchun 5807,3 gektar yer maydoniga ertagi ekinlar, 3346,7 gektarga takroriy, 2613,0 gektar maydonda toʻqsonbosti ekinlar ekishni  rejalashtirishgan. Shuningdek, 13,9 gektar tomorqa yer maydonida 1183 ta issiqxona mavjud boʻlib, ayni paytda barchasida koʻchatlar va ertagi sabzavot nihollari parvarish qilinmoqda.

Shuningdek, tumandagi har bir sektordagi 2 tadan mahalla hududida 521 ta xonadon ixtiyoridagi tomorqa yer maydonlari namunali tomorqa darajasiga yetkazilishi moʻljallangan.

Qangli ovulida istiqomat qiluvchi Saidjon Hayitboyev tomorqa xoʻjaligini asosiy daromad manbaiga aylantirib, oʻzi, farzandlari va umr yoʻldoshining doimiy ish bilan bandligini taʼminlaganidan mamnun. Saidjon ogʻa 27 mln. soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻi hisobiga tomorqa yerining bir qismida 5 sotixli issiqxona xoʻjaligini tashkil etganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. Lekin issiqxona xoʻjaligida ertagi sabzavot va poliz ekinlari koʻchatlarini tayyorlab, bozorga olib chiqqan ilk mavsumdayoq dehqonchilik sohasidagi bu yoʻnalish haqiqatan ham koni foyda ekanligini his etdi. Zimmasidagi kredit mablagʻini soʻndirish Saidjon ogʻa uchun muammo boʻlmadi. Issiqxona xoʻjaligidan yiliga 35-40 mln. soʻm daromad koʻrgan tomorqachi qisqa vaqt ichida kredit mablagʻining asosiy qismini soʻndirishga ham ulgurdi.

Saidjon ogʻa tomorqa xoʻjaligidan kelgan daromad tufayli uch qiz, bir oʻgʻilni oʻqimishli, kasb-korli qildi. Katta qizi Toshkent Davlat Agrar universitetida fan doktori, yana bir qizi shifokor, oʻgʻli veterinariya sohasi bilimdoni, kenja qizi esa ajoyib uy bekasi. 11 nafar nevaraning bobosi boʻlgan Saidjon ogʻa yaqinda shaxsiy avtomobilini yangi "Kobalt" rusumli avtomobilga almashtirdi.

Tomorqada 12 ming tupdan ziyod pomidor, bulgʻor qalampiri, bodring koʻchatlari barq urib rivojlanmoqda. Koʻchatlarning esa xaridorlari bisyor.

Koʻchatchilikdan tashqari, issiqxonada ertagi bodring, pomidor yetishtirilib, iyun oyining oʻrtalarida hosildan boʻshagan yerga takroriy ekin sifatida kuzgi barra piyoz, koʻkatlar va yana bodring va pomidor ekishadi.

– Kuzgi sabzavotlar juda xaridorgir boʻladi, – deydi Saidjon ogʻa. – Xudo xohlasa, tomorqa yerimizdan bu yilgi daromad yanada moʻl boʻlishiga umid qilayapmiz. Nevaralarim ham koʻmakchi boʻlib qolishdi.

Biz esa tomorqani oila byudjetining barqaror taʼminot manbaiga aylantirgan Saidjon ogʻa Hayitboyevning ishlariga baraka tiladik.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026