Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşevning Navröz umumxalq bayrami munosabati bilan tumanimiz ahliga tabrigi
Aziz vatandoşlar!
Muhtaram otaxon va onaxonlar, qadrli amudaryoliklar!
Bugungi şukuhli kunlarda – Navröz ayyomi arafasida Siz azizlarga bayram tabrigini yöllaş baxtiga muşarraf bölganimdan benihoya mamnunman! Fursatdan foydalanib, Siz azizlarni, sizlar orqali barça amudaryoliklarni, yurtdoşlarimizni yaşariş va yangilaniş ayyomi – Navrözi olam bilan çin qalbimdan tabriklayman!
Azal-azaldan bu qutluğ ayyomni Şarq xalqlari kun va tunning tenglaşgan pallasi sifatida katta şodiyona bilan nişonlab keladi. Bu yil ham “Har kuning Navröz bölsin, jonajon Özbekistonim!” degan boş ğoya asosida ovul va mahallalarimizda umumxalq sayillari ötkazilmoqda. Şahar va qişloqlarimizda yurtdoşlarimiz Navröz ayyomini kötarinki ruh va şod-xurramlik bilan qarşi olmoqdalar.
Tabiat uyğonib, butun olam yaşillikka burkanayotgan uşbu kunlarda dehqonlarimiz ham yaxşi niyatlar bilan yerga uruğ qadaşga tayyorgarlik körmoqdalar. “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida davom etayotgan köçat ekiş tadbirlari bayram kunlarida yanada qizğin tus olmoqda. Bugun butun mamlakatimiz böylab davom etayotgan umumxalq haşarida esa millionlab yurtdoşlarimiz faol iştirok etmoqdalar.
Navröz – şarqona Yangi yilning boşlaniş sanasidir. Ota-bobolarimiz bu qutluğ ayyomda ezgu niyatlar bilan yangi rejalar tuzişgan. Tumanimizda ham “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deya nomlangan joriy yilda barça sohalarda salmoqli işlarni amalga oşirişni reja qilganmiz.
Jumladan, yangi taʼlim va tibbiyot maskanlarini quriş, rekonstruktsiya qiliş, zamonaviy usulda jihozlaş orqali inson qadrini yuksaltiriş, farzandlarimiz kelajagiga mustahkam zamin yaratiş yölida qator işlar amalga oşiriladi.
Hududlarni jadal rivojlantiriş orqali aholi uçun qulay şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratiladi. Jumladan, infratuzilma obʼektlari yangidan qurilib, qayta rekonstruktsiya qilinadi. Ijtimoiy soha obʼektlarida barça manbalar hisobidan 65,7 mlrd. sömlik 12 ta yirik loyihalar amalga oşiriladi.
Aholining uy-joyga bölgan ehtiyojini taʼminlaş maqsadida 5 ta köp qavatli, 150 xonadonli arzonlaştirilgan uy-joylar quriladi.
Bundan taşqari, iqtisodiyotni jadal rivojlantiriş va yuqori ösiş surʼatlarini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratiladi. Joriy yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturi doirasida 62 ta loyihalarga 184,3 mlrd. sömlik investitsiyalar jalb qilinadi.
Şuningdek, tadbirkorlikni, qişloq xöjaligini yanada rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş, kambağallikni qisqartiriş, aholining muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qiliş yönalişlarida keng kölamli işlarni amalga oşirişni rejalaştirganmiz.
Qadrli bayram tadbiri iştirokçilari!
Bugun şunday qutluğ kunda – Şarqona yangi yil arafasida uşbu ezgu rejalarimizni amalga oşiriş yölida xizmat qiluvçi öqituvçi va şifokorlarga, davlat va jamoat xizmatçilariga, dehqon va fermerlarga, barça yurtdoşlarimizga kuç-quvvat, mustahkam salomatlik, işlariga rivoj tilaymiz! Ularning xalqimiz turmuş şaroitini yanada yaxşilaş, odamlarimizni hayotdan rozi qilişdek ezgu işlarida omad yor bölişiga tilakdoşmiz!
Aziz yurtdoşlar!
Sizlarni yana bir marta eng qadimiy va asl milliy bayramimiz – Navrözi olam bilan çin qalbimdan tabriklayman! Navröz ayyomi bilan boşlanayotgan Şarqona Yangi yil qutluğ va barakali kelsin! Dehqonlarimizning ezgu niyatlar bilan ekayotgan uruğlari möl hosil berib, dasturxonlarimiz tökin bölsin! Xalqimizning turmuşi farovon bölib, ozod va obod Vatanimiz hamişa gullab-yaşnayversin!
Navröz bayramingiz muborak bölsin, aziz yurtdoşlar!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶