KITOBXON YoŞLAR IŞTIROKIDA KUTUBXONAGA SAYoHAT TAŞKIL ETILDI
Yoşlarning komil insonlar bölib voyaga yetişlarida kitob va kitobxonlikning ahamiyati nihoyatda kattadir. Kitobxonlik yoşlarning maʼnaviy dunyosini boyitadi, ularni halol yaşaş va töğri yölga boşlaydi. Kitob hayotni çuqur anglab yetişga, insonning öz tanlagan orzulariga erişişga yordam beradi.
Amudaryo televideniyesida Oliy majlis huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida yoşlar örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş maqsadida tumandagi Axborot-resurs markaziga maktab öquvçilari iştirokida ekskursiya taşkil qilindi.
Şu yil 16-mart kuni yoşlarni kitoblarga oşno qiliş, öquvçilarni kutubxonaga jalb etiş kabi maqsadlarda taşkil etilgan uşbu tadbirga 36-sonli maktab öquvçilari, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi, Amudaryo televideniyesi tahririyati xodimlari taşrif buyurişdi.
Kutubxonada yoşlarni tuman Axborot-kutubxona markazining axborot-bibliografiya xizmati rahbari Rohatoy Romanova boy kitob fondi bilan taniştirdi. Markazda turli mavzulardagi adabiyotlar, Özbekiston va Qoraqalpoğiston miqyosidagi davriy naşrlar ham jamlangan.
Hozirgi kunda tuman Axborot-kutubxona markazi Oybek nomli mahalladagi yangi binoda faoliyat körsatmoqda. Avval öz binosiga ega bölmagan uşbu maskanda endilikda foydalanuvçilarga axborot-kutubxona xizmati körsatiş yangi darajaga kötarildi. Kutubxona xizmati talablariga javob beradigan barça şaroitlar, qulayliklar yaratilib, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi. Eng muhimi – kitob fondi yanada boyitildi. Markaz aholini zaruriy adabiyotlar va axborot bilan töla-tökis taʼminlaş imkoniyatiga ega bölgan zamonaviy ziyo maskaniga aylandi. Zamonaviy şaroitlar yaratilgan xonalarga turli mavzulardagi kitoblar çiroyli javonlarga joylaştirilib, kitobxonlar uçun ham qulay şaroitlar yaratildi. Şuningdek, xodimlar uçun, kitob mutolaasi uçun va elektron kitoblardan foydalaniş uçun ham alohida xonalar ajratildi.
Axborot-kutubxona fondi turli yönalişdagi köplab adabiyotlar bilan töldirilib, ayni kunda uning kitoblar jamğarmasi 64 ming nusxaga yaqin, elektron resurslari esa 175 nomga yetdi. Foydalanuvçilar soni esa mazkur yilda 14 ming nafardan ortdi. Kutubxona boy merosga ega bölib, turli davrlarga taalluqli kitoblar, ötgan yillardagi gazeta va jurnallar saqlanib, muştariylarga havola etib borilmoqda. Undan taşqari, kutubxona foydalanuvçilari, taşrif buyuruvçilarni fondda saqlanib kelinayotgan manbalar bilan taniştiriş, tarğib qiliş maqsadida mavzuli körgazmalar, tadbirlar va ijod ahli bilan uçraşuvlar taşkil etib kelinmoqda.
Ekskursiya davomida maktab öquvçilariga kutubxonaga aʼzo böliş, kitoblarni tanlaş va uyga olib ketib öqiş tartiblari tuşuntirildi. Şuningdek ularga öqiş zalida fan kitoblariga qöşimça bölgan kitoblardan foydalaniş mumkinligi, elektron kitoblarni mutolaa qilişlariga şaroit mavjudligi ham aytib ötildi.
Yoşlar kutubxonadagi turli adabiyotlar, gazeta va jurnallar bilan tanişib çiqişdi. Şu yerning özida kutubxonaga aʼzo bölib, boy kitob fondidan, sevimli adabiyotlarini qiynalmasdan topişda kutubxona xizmatidan foydalaniş imkoniyatiga ega bölişdi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶