Afgʻonchi jangchilar Xiva shahriga sayohat qildi
Bugungi kunda dunyoning turli burchaklarida davom etayotgan qirgʻinbarot urushlar, urushlar tufayli qurbon boʻlayotgan beayb insonlar, ayollar, norasida bolalarning ayanchli taqdiri barchamizni tashvishga soladi, shular haqida oʻylar ekanmiz, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikka, baxtiyor davronimizga koʻz tegmagay, bardavom boʻlgan, deymiz, yangi urush oʻchoqlarini ochishga urinayotganlarga insof tilaymiz.
Oramizda shunday insonlar borki, ular urush dahshatini toʻla his qila oladi. Chunki ular necha yillab urushning olovli soʻqmoqlarini kechgan, har qadamida oʻlim bilan roʻbaroʻ kelgan, ular jismida turli jarahotlar bilan boʻlsa-da, yurtimizga omon qaytib, shukrona bilan yashayotgan sobiq afgʻonchilardir.
Yurtimizda ularga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatilib, turli imtiyozlar berilmoqda.
Yaqinda Oʻzbekiston "Veteran" jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasining Amudaryo tumanidagi vakili Bahodir Jumaniyozov rahbarligida tumanimizning 20 nafar afgʻonchi jangchilar Xiva shahriga sayohatga olib borildi. Sayohat uchun transport xarajatlari tuman hokimligi tomonidan qoplandi.
Sobiq afgʻonchi jangchilar ham qadamiy va hamisha navqiron shahar – Xiva, Urganch shahridagi Jalolddin Manguberdi xiyobonini sayohat qilib, ham Navroʻz bayrami arafasida diydorlashib, koʻngilli dam oldilar, oʻzlariga ana shunday imkoniyatni yaratgan tuman hokimligidan, Bahodir Jumaniyozovdan cheksiz minnatdor boʻldilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶