14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 19:19
Jamiyat 👁 381

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov va bir guruh baynalmilal jangchilar mukofotlandi

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov va bir guruh baynalmilal jangchilar mukofotlandi

Baʼzan hayotda shunday voqealar ham boʻladiki, zamon va makonda yuz berayotgan talatoʻplar, urushlar, insoniyat uchun tushunarsiz boʻlgan davlatlararo siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy nizolar tufayli oddiy xalq jabr koʻradi, maʼlum maʼnoda yoʻqotishlarga uchraydi. Oʻtgan asrning 79-80-yillarida qardosh xalq – Afgʻoniston zaminida kechgan terrorizmga qarshi kurash niqobi ostidagi urush ham minglab insonlarga, ayniqsa, Markaziy Osiyo Respublikalari xalqlariga keltirgan adoqsiz azob-uqubatlari, mislsiz yoʻqotishlari bilan Ikkinchi jahon urushidan keyingi insoniyat tarixining ayanchli sahifalaridan biri boʻlib qoldi. Chunki sobiq sovetlar ittifoqining notoʻgʻri siyosati tufayli Afgʻoniston zaminida boʻlgan urushga eng koʻp safarbar qilinganlar ham Markaziy Osiyo Respublikalari fuqarolari – oʻzbeklar, qozoq va qoraqalpoqlar, tojiklar, turkman va qirgʻizlar edi.

Amudaryo tumanining Oʻzbekiston mahallasida istiqomat qiluvchi Komiljon Sobirov ham 1985-1987-yillarda harbiy xizmatni oʻsha paytdagi Afgʻoniston Demokratik Respublikasida oʻtadi. Urushning yozilmagan qonunlari koʻp. Ayniqsa, sobiq Afgʻoniston urushi ishtirokchilari ana shunday bemaqsad, yozilmagan qonunlar tufayli jabr koʻrdilar. Janglarning birida ogʻir yarador boʻlgan Komiljon Sobirov avval Toshkent shahridagi harbiy gospitalda, soʻng jarohati ogʻirligi sababli Moskvadagi va Qrimdagi harbiy gospitallarda uzoq vaqt davolandi. Davolanish jarayonida 5-marta jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan Komiljon Sobirov hatto oʻzi ishtirok etgan, terrorizmning oldini olishga qaratilgan dahshatli jangda koʻrsatgan jasorati uchun oʻsha paytdagi Afgʻoniston Demokratik Respublikasi Prezidentining 1988-yil 9-apreldagi Farmoniga koʻra, Afgʻoniston davlatining oliy harbiy nishoni – “Jasorati uchun” ordeni bilan mukofotlanganini ham bilmadi.

Mardlik va jasorat hamisha mangudir. Oradan qariyb 36-yil vaqt oʻtib, qardosh Afgʻon xalqining tinchligi uchun boʻlgan janglarda mardlik va jasorat namunalarini koʻrsatgan hamyurtimiz Komiljon Sobirovga ushbu mukofot joriy yilning 12-noyabr sanasida tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda Oʻzbekiston baynalmilal jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Amudaryo tuman boʻlimida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, Oʻzbekiston baynalmilal jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi Yusufbek Allanbekov va mazkur boʻlim aʼzosi Aman Bekmuratovlar, shuningdek amudaryolik bir guruh sobiq baynalmilal faxriy- jangchilar, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Taqdirlash marosimida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov faxriy baynalmilal jangchilarning mardlik va jasoratlari haqida alohida toʻxtalib, ularning bugungi kunda yosh avlodni vatanparvarlik, mustaqillik gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ovul va mahallalarda, taʼlim-tarbiya muassasalarida amalga oshirayotgan xayrli ishlari, oʻz kasbiy faoliyatlari, turmush tarzlari bilan yuksak namuna koʻrsatayotganlarini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston baynalmilal jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boʻlimi boshligʻi Yusufbek Allanbekov Afgʻoniston Demokratik Respublikasi Prezidentining 1988-yil 9-apreldagi “Komiljon Sobirovni Afgʻoniston davlatining oliy harbiy nishoni – “Jasorati uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmonini oʻqib eshittirdi va mazkur Farmonga asosan ushbu mukofotni oradan 36-yil oʻtib oʻz egasi – Komiljon Sobirovga tantanali tarzda topshirib, uning koʻkragiga taqib qoʻydi.

Tadbir davomida yosh avlodni xalqlar doʻstligi, millatlarao totuvlik, baynalmilal ruhda tarbiyalash borasida amalga oshirayotgan alohida xizmatlari Belarus davlati Polotsk Baynalmilal faxriy-jangchilar tashkiloti tomonidan eʼtirof etilgan Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, baynalmilal faxriy-jangchilar Rahmatulla Hayitboyev, Shavkat Saidboyev hamda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi suratchi-muxbiri Mahmudjon Shomurodovlar Belorussiya Respublikasi Polotsk Baynalmilal faxriy-jangchilar tashkilotining “Xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandilar.

Xalqlar doʻstligini mustahkamlashga hissa qoʻshish, yosh avlodni baynalmilal ruhda, ona Vatanga, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni eʼzozlash borasida qilingan har bir ezgu ish nafaqat davlatimiz, balki qardosh xalqlar, shu barobarida davlatlar tomonidan ham yuksak eʼtirof etiladi va qadrlanadi. Bir guruh yurtdoshlarimizning ezgu xizmatlari, mardlik va jasoratlari eʼtirof etilgani bunga yaqqol misoldir.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019