YoShLARNING YaQIN YoRDAMChISI
Bugungi kunda Amudaryo tumanining 49 ta ovul va mahallalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining 5 nafari ayol-qizlardir. Ular oʻz mahallalaridagi yoshlarning chin doʻstiga aylanib ulgurishgan, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.
Mana shunday yoshlardan biri Jumurtov shaharcha fuqarolar yigʻinining yoshlar yetakchisi Muyassar Murodovadir.
Muyassar katta bir oilaning epli kelini, 2 nafar farzandning onasi. U oʻz mehnat faoliyatini 2017-yilda 43-sonli maktabda Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti yoshlar yetakchisi sifatida boshladi. 2022-yilda mahallalardagi yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilganidan soʻng, Jumurtov shaharcha fuqarolar yigʻinining yoshlar yetakchisi etib tayinlandi.
Muyassar ish faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi sabab mahalla yoshlari hayotiga tezda kirib bordi. Ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishda, mavjud muammolarini hal etishda qisqa fursatlarda samarali ishlarni amalga oshirdi.
Yoshlar yetakchisining bevosita koʻmagi bilan 2022-yilda 36 nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi. 18 nafar yoshga imtiyozli kreditlar ajratildi. 10 nafar yoshga yer uchastkalari olishlarida amaliy yordam berildi.
Muyassar tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlar uchun biznes-treninglar, yirik tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularning bilim va tajribasi oshishiga koʻmaklashadi.
– Yoshlarning ogʻirini yengil qilish, muammolarining ijobiy hal etilishiga koʻmaklashi sh bizning asosiy vazifamizdir. Buning uchun bor kuch va gʻayratimizni safarbar etamiz, – deydi Muyassar Murodova.
F.Eshimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶