Amudaryo tumanida Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nişonlandi
Ayolning nafosati va nazokati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bölib keladi. Şu bois ham dunyodagi eng buyuk sanʼat asarlari, qöşiq va qasidalar, meʼmoriy obidalar ayollar şaʼniga bağişlangandir.
Oila va jamiyat ustuni, hayot fayzi va körki bölgan xotin-qizlarni eʼzozlaş, hurmat va ehtirom körsatiş buyuk qadriyatdir. Ayollar bilan olam munavvar, hayotimiz gözal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafşon bölib, umrimiz fayz va nurga töladi.
7-mart sanasida Xalqaro xotin-qizlar bayrami Amudaryo tumanida ham kötarinki ruhda nişonlandi. Sana munosabati bilan “Xon” restoranida bölib ötgan katta tadbirda tumanimizda turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan ayollar, öz hayotiy tajribasi asosida yoşlar tarbiyasiga, oilalar mustahkamligiga munosib hissa qöşayotgan nuroniy onaxonlar, umidli, iqtidorli qizlar iştirok etdilar.
“Muqaddas ayol” deb nomlangan uşbu bayram tadbirida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev barça ayol-qizlarni bayram bilan samimiy qutlab, özining eng ezgu tilaklarini izhor etdi.
Tuman hokimi öz tabrik nutqida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ayollarning roli katta ekanligini, ular har jabhada samarali mehnat qilib, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qöşib kelayotganligini eʼtirof etib ötdi.
Samimiy tabriklardan söng navbat tuman Madaniyat bölimiga qaraşli muassasalar sanʼatkorlariga berildi.
Tuman hokimligi va Madaniyat bölimi hamkorligida taşkillaştirilgan tadbirda faol ayol-qizlar tökin dasturxon atrofida diltortar qöşiqlar tinglab, gözal raqslar tomoşa qilişdi. Şuningdek, tadbir iştirokçilari tumanimizning yoş estrada xonandalari ijrosidagi şöx qöşiqlarga raqsga tuşib, madaniy hordiq oldilar.
Ayol muqaddasligini, fidoyiligi, matonati va mehri ummonligini madh etuvçi şeʼrlar, qöşiqlar mehmonlarga juda manzur böldi.
“Muqaddas ayol” deb nomlangan musiqiy dastur tomoşasi va özlariga körsatilayotgan hurmat va eʼtibor barça ayol-qizlarga olam-olam quvonç va iftixor baxş etdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶