FIDOYI MEHNATLAR SAMARASI
Umumiy örta taʼlim muassasalarida öquvçilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş muhitini yaratişda, milliy odob-axloq meʼyorlarini tarbiya jarayoniga tatbiq etişda, öquvçilar könglida ona Vatanga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik işlariga yuksak ehtirom tuyğularini singdirişda maktab direktorlarining maʼnaviy va maʼrifiy tarbiya işlari böyiça örinbosarlarining zimmasidagi vazifalar juda salmoqli. Şuningdek, u öqituvçilar jamoasida ham bilimdonligi, insoniy fazilatlari bilan barçaga örnak böla olişi lozim. Pedagogik jamoada soğlom ijodiy muhitni yarata olişi, ilğor öqituvçilarni öz vaqtida rağbatlantirib, yanada samarali işlaşga undaşi muassasada taʼlim sifati oşişiga zamin böladi.
Asosiy körsatkiçlariga köra yaşil toifaga kiruvçi tumanimizdagi 26-sonli umumiy örta taʼlim maktabining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Hamida Artikova jonkuyar öqituvçi, xizmat lavozimini sidqidildan ado etib kelayotgan taʼlim fidoyilaridan biridir.
U örta maktabni tugatib 1998-2002-yillarda Qoraqalpoq davlat universitetining biologiya fakultetida öqidi. Öqituvçilik faoliyatini Manğit şahridagi 38-sonli maktabda biologiya fani öqituvçisi bölib işlaşdan boşladi. 2005-yildan hozirgi kungaça 26-sonli maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari bölib işlab kelmoqda.
Mazkur muassasada hozirgi kunda 44 nafar mahoratli öqituvçilar 21-sinfda 470 nafar öquvçilarga taʼlim-tarbiya berişayapti.
Öqituvçilarning öz bilimini oşiriş, zamonaviy metodlar asosida fan asoslarini çuqur örgatişga intilişi tufayli maktab tumandagi dars samaradorligi yuqori taʼlim muassasalaridan biriga aylandi. Ötgan öquv yilida maktabning 11-sinfini tugatgan 42 nafar bitiruvçilarning 22 nafari respublikamizdagi turli oliygohlar talabalari bölişgani, turli körik-tanlovlar bilimlar bellaşuvlari fanlar olimpiadalarida öquvçilarining yuqori örinlarni egallayotgani öqituvçilar, öquvçilar orasida soğlom maʼnaviy muhit barqarorligidan, pedagogik jamoaning fidoyiligidan dalolat beradi.
Joriy öquv yilida ham maktab öquvçilari quvonarli yutuqlarni qölga kiritişayapti. Maktabning 11-sinf öquvçisi Nurşoda Saʼdullayeva ingliz tilidan xalqaro, Şohida Nurullayeva matematika fanidan milliy sertifikat olişga muyassar bölişdi.
Hamidaning taʼlimga jonkuyarligi bejiz emas. Uning oilasini pedagoglar oilasi, desak adaşmagan bölamiz. Uning qaynonasi Maşarif Madrahimov, qaynonasi Norjon Yöldoşevalar mazkur maktabda öqituvçilik qilib, pensiyaga çiqişgan, turmuş örtoği Sobirjon Madrahimov ham öqituvçi, Hamidaga toğday suyanç, hamfikr, hamqadam.
Hamida Artikova Sobirjon bilan öğli, ikki nafar qizini ham odobli, ilmli, intiluvçan qilib voyaga yetkazişayapti. Hali maktab öquvçilari bölgan Faxriddin, Feruzabonu, Şahnozabonularning ham ilmda erişayotgan yutuqlari köp.
Faxriddin kimyo, fanidan fanlar olimpiadasida tumanda 1-örinni olib, Qoraqalpoğiston respublikasi bosqiçida qatnaşdi.
Maʼnaviyat va taʼlim fidoyisi Hamida Artikovaning keyingi işlarida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶