EZGULIKNING UMRI UZUN
Otam kolxozda oddiy suvçi bölgan.
Dalalarning past-balandini bilganligi sababli uni brigadir suvçi qilib qöygan va otamdan boşqa heç kimga işonmagan.
Tong-sahardan otamning dalaga ketganini heç kim bilmasdi. U dalada suv keçib yurganida tuman hokimi, rahmatlik Rajabboy Yöldoşev uning oldiga borib, hol-ahvol söraşib ketganligini otam bizga faxrlanib gapirib berganlar.
Hali odamlar şirin uyquda yotganida, tongda dalalarni kezib yuradigan tuman hokimi haqida hamon oddiy odamlar gapirib yurişadi. Uning dehqonlar bilan gurunglaşib, qora qumğonning çoyini birga içib, odamlarning muammolari bilan qiziqqan damlariga biz bolalar ham neça bora guvoh bölganmiz.
– Qora qumğonning çoyi şirin va qaynoq böladi, – deya işçilar davrasida höplab-höplab çoy içardi hokim bobo.
– Nima yordam kerak bölsa, bemalol aytavering, – deya birimizni aka, birimizni uka, singlim, deb dildan suhbatlaşardi. Ovulimizga tez-tez kelib turardi, – eslaydi Amir Temur nomli ovulda yaşovçi keksa otaxon Norboy ota Eşimbetov.
– Ovulimiz Turkmaniston davlati bilan çegaradoş, suv yöllaridan uzoqdaligi uçunmi, tez-tez kelib, xalq bilan uçraşardi, – xotirlaydi Norgul momo. – Har kelganlarida bemor odamlarning uylariga borib, hol-ahvol söraşar, bayramlarda sovğa-salomlar bilan ahvolidan xabar olib turardi. Uni Amir Temurliklar juda yaxşi körişardi.
Norgul momo umr yöldoşi Amat ota Otajonovning köp yillar töşak tortib yotib qolgani haqida gapirarkan:
– Amat otang juda fidoyi, mehnatkaş inson edi. Şundanmi, Rajabboy Yöldoşev tez-tez uyimizga kelib, holidan xabar olib turardi, – deydi minnatdorçilik bilan. – Özining ming taşvişi bölsayam, mehnat qilgan odamni juda qadrlardi.
Norgul momo bilan Amat boboning umri paxtaçilikka egiz. Butun oila aʼzolari bilan paxta dalasida mehnat qilişgan. Dugonasi Maryam momoning ön farzandi bor edi. U paytlarda farzand bahona bölmagan. Bolalarini dala boşida qöyib, paxta terişgan momolar. Rajabboy Yöldoşev Amir Temur ovulidagi Qöşmon brigadir Bobojonov, Rajab brigadir Allaboyevlarni juda hurmat qilar, tez-tez ularning paxta dalalarida bölib, işlari bilan yaqindan tanişardi. Şundanmi, ovul ahli Rajabboy Yöldoşevning yaxşi xislatlari haqida hurmat bilan sözlaydilar.
Çunki yaxşilikning, ezgulikning umri uzun böladi va uni aslo xalq unutmaydi.
Zuhra Ahmedova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶