19 TA OVUL YoKI MAHALLA HUDUDIDAGI JAMI 50,4 KM UZUNLIKDAGI IChKI YOʻLLAR 12,5 MLRD SOʻM MABLAGʻ EVAZIGA QAYTA TAʼMIRLANADI
Prezidentning 2022-yil 25-oktyabrdagi “Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida mamlakatimiz hududini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarini tizimli hal qilish, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminotini, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infrutuzilma obʼektlarini yaxshilash, shu asosda aholi turmush farovonligini oshirish koʻzda tutilgan.
Qarorga muvofiq Amudaryo tumani hududida ham koʻplab ichki yoʻllarni taʼmirlash, gaz, elektr taʼminotini, infratuzilma obʼektlarini yaxshilash, borasida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
12-noyabr kuni 55-sonli maktabda ushbu masalalarni aholiga tushuntirishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tuman hokim Sultonboy Yoʻldashev, tuman hokimligining sanoat yirik qurilish, kommunikatsiya, kommunal xoʻjaligi va obodonlashtirish masalalari boʻyicha majmua boshligʻi Nodirbek Komolov, Gulzor, Oybek nomli mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari va faollari ishtirok etdilar.
Yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev aholiga Prezidentning yuqoridagi qayd etilgan qaroriga muvofiq tumanda amalga oshirilishi belgilangan koʻlamdor ishlar haqida maʼlumotlar berdi.
Taʼkidlanishicha, tuman boʻyicha jami 19 ta ovul yoki mahalla hududidagi umumiy uzunligi 50,4 km boʻlgan ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 12 milliard 517 million soʻm mablagʻ ajratilgan. Jumladan, 482 mln soʻmga Beshtom mahallasi hududidagi 2,1 km, 757 mln soʻmga Daryoboʻyi mahallasi hududidagi 3,3 km, 1 mlrd 440 mln soʻmga Oybek nomli mahalla hududidagi 6,3 km, 207 mln soʻmga Arna boʻyi mahallasi hududidagi 0,9 km ichki yoʻllarni taʼmirlash rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, dastur doirasida 1 mlrd. 7 mln. soʻm evaziga Beshovul mahallasi hududidagi 4,4 km., 1 mlrd 253 mln. soʻm evaziga Boʻzsolma mahallasi hududidagi 5,4 km., 1 mlrd 260 mln. soʻmga Doʻrman ovuli hududidagi 5,5 km. ichki yoʻllarni taʼmirlash koʻzda tutilmoqda.
Yuqoridagi qarorga asosan ishlab chiqilgan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida tumanning Jumur ovul mahallasi hududidagi 0,8 km. ichki yoʻllar 184 mln. soʻm, Oʻrta qala ovuli hududidagi 0,9 km. ichki yoʻllar 199 mln. soʻm, Oq oltin ovuli hududidagi 0,8 km. ichki yoʻllar 191 mln. soʻm, Boʻz yop ovuli hududidagi 2,4 km. ichki yoʻllar 560 mln. soʻm evaziga rekonstruktsiya qilinadi.
Shuningdek, Beruniy mahallasi hududidagi 0,6 km. ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 510 mln. soʻm, Boʻston mahallasi hududidagi 4,9 km ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 1 mlrd. 118 mln. soʻm, Qilichboy ovuli hududidagi 2,4 km. ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 557 mln. soʻm, Doʻstlik mahallasi hududidagi 2,5 km. ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 572 mln. soʻm yoʻnaltirilmoqda.
Dastur doirasida Mangʻit shahrining Gulzor mahallasi hududidagi 5,2 km., Navoiy mahallasi hududidagi 0,9 km., Durunki mahallasi hududidagi 0,4 km. va Boyovul mahallasi hududidagi 0,6 km. ichki yoʻllarni ham taʼmirlash rejalashtirilgan. Ushbu 4 ta mahallalardagi ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun jami 2 milliard 791 million soʻm mablagʻ ajratilgan.
Yigʻilishda tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Komolov ham belgilangan ichki yoʻlllarda qurilish-taʼmirlash, infratuzilma obʼektlarining yaxshilash borasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berdi.
Yigʻilishda ishtirokchilar aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida qabul qilingan qarordan juda mamnun boʻldilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶