Beruniy, Olmazor, Gulzor mahallalaridagi şoxköçalarga 9 km uzunlikdagi piyodalar yölakçasi va salomatlik yölkaçalari qurilmoqda
Kundan-kunga tobora çiroy oçib borayotgan mustaqil yurtimizda bunyodkorlik işlari jadal surʼatlarda davom etmoqda. Keng va ravon yöllar, obod köçalarni kezgan har qanday inson tinçlik, mustaqillik kabi bebaho tuyğularning naqadar aziz ekanligini dildan çuqur his qiladi
Yurtboşimiz Şavkat Mirziyov olib borayotgan odilona siyosat tufayli bugun xalqimiz ötayotgan har bir kunidan rozi va ertangi kunga işonç bilan yaşamoqda. Bugun qaysi bir manzilga bormang, u yerda yangilaniş va bunyodkorlikning guvohi bölasiz.
Jumladan, Respublikamizning barça hududlaridagi singari, Amudaryo tumanida ham keng kölamli quriliş va obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda.
Tumanning markaziy hududlaridan Beruniy, Olmazor, Gulzor mahallalaridagi şoxköçalarga 9 km uzunlikdagi piyodalar yölakçasi va salomatlik yölkaçalari qurilmoqda.
Erta tongdan işga, öqişga yoki turli oilaviy taşvişlari bilan turli manzillarga yöl olayotgan amudaryolik borki, bunyodkorlik işlarini körib quvonadi, yurtimizda hukm surayotgan osoyiştalik va tinçlikka şukrona keltiradi.
2 mlrd 348 mln. söm mablağ evaziga Barkamol avlod, Jumurtov, Tadbirkorlar, Şifokorlar va Xalqlar döstligi köçalarida taşkil etilayotgan salomatlik yölakçalarining qurilişi pudratçi taşkilot − “Amudaryo maxsus quriliş” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan amalga oşirilib, bugungi kunga qadar, 337,9 mln. sömlik quriliş-taʼmirlaş işlari yakuniga yetkazildi.
Qolaversa, Barkamol avlod, Humoyun köçalariga ham tungi yoritgiç çiroqlari, velosiped yölaklarining qörilayotgani aholi uçun köplab qulaylik va imkoniyatlar yaratmoqda.
7 mlrd. 113,3 mln. sömlik qiymatga ega mazkur quriliş loyihalari bugungi kunda pudratçi taşkilotlar tomonidan sifatli hamda tezkor ravişda amalga oşirilmoqda.
Tungi yoritgiç çiroqlarining örnatilgani köçalarni kunduz kabi yoritib turişi bilan birga, özgaça çiroy baxş etmoqda. Qolaversa, keksalarimizning keng va ravon yöllardan, yoruğ köçalardan yurib, qiynalmay manzillariga yetib borişlarida amalga oşirilayotgan quriliş işlarinig örni katta ahamiyatga ega.
Şuningdek, velosiped yölaklari, tungi yoritgiç çiroqlarinig örnatilgani yöl-transport hodisalarining oldini olişda, bolalar havfsizligini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yurtimizda, xususan tumanimizda amalga oşirilayotgan islohotlar zamirida avvalo, tinçlik, yurtoşlarimizning ötayotgan har bir kuniga şukronalik tuyğulari mujassam.
Qurilayotgan yangi maktab binolari, taʼmirlanayotgan yöllar, yangidan barpo etilayotgan uy-joylarning mustaqillik bayrami arafasida qurib bitkazilişi işonamizki, xalqimiz uçun bayramona sovğa böladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶