3 mlrd. sömlik bank krediti hisobiga iş boşlagan agrofirma samarali faoliyat yuritmoqda
Parrandaçilik – daromadli, şu bilan birga ançayin nozik soha. Parrandalar nafaqat göşti, tuxumi, balki pati uçun ham boqiladi. Bu soha hozirga kelib çorvaçilikdagi asosiy yönalişlardan biriga aylanib ulgurdi. Buning sababi – parranda boqiş katta xarajat talab qilmaydi, saqlaş inşootlari ham juda oddiy.
Mutaxassislar fikriça, iqtisodiy yetakçi davlatlarda ham parrandaçilikka katta eʼtibor qaratiladi. Çunki, aynan parrandaçilik aholini göşt, umuman, oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan talabini qondirişda muhim ahamiyat kasb etadi, şuningdek, aholini iş bilan band bölişiga hissa qöşadi.
Amudaryo tumanining Beştom mahallasi hududida joylaşgan “Örta qalʼa çorvadori” agrofirmasida parrandaçilikning göşt yönalişi böyiça 40 mingta jöja yetiştirilmoqda.
Firma rahbari Ğulomjon Rasulovning takidlaşiça, Özbekistonda parranda göşti va tuxumga bölgan talab juda yuqori bölib, mazkur soha bilan şuğullaniş uçun tumanning özida barça şaroitlar mavjud.
– Otam Erkin Rasulovning yöl-yöriqlari va körsatmalari bilan 2020-yilda 3 mlrd. söm miqdorida imtiyozli kredit olib, uşbu agrofirmani oçdim. Dastlab, iş faoliyatimizni 10 ming jöja boqişdan boşlaganmiz. Öşa vaqtda qöl ostimda 3 nafar işçi bor edi. Hozir esa 12 nafar işçimiz bor, deydi tadbirkor Ğulomjon Rasulov.
Jöjalar Toşkent va Guliston şaharlaridan olib kelinadi. Ular 28-30 kun davomida boqilib, sof vazni 1 kg 800 gr va 2 kg bölgandan keyin şu yerning özida söyilib, tozalanadi va dökonlarga tarqatiladi.
Jöjalarni boqiş jarayoni 3 davrga bölinadi. Birinçi davr – kunlik tiklaniş davri, ikkinçi davr – ösiş davri va uçinçi davr – yetiliş davri. Eng oxirgi 10 kunlikda jöjalar söyiş uçun tayyor holatga keladi deydi.
Tadbirkor uy şaroitida parranda yetiştiriş va undan foyda oliş sirlari, yuqori kaloriyali ozuqa tarkibi, parranda yetiştirişda eʼtibor beriş kerak bölgan asosiy jihatlar haqida ovuldoşlariga ham kerakli maʼlumotlar berib boradi.
Uning aytişiça, parranda uçun baxor va yoz fasli ğoyat qulay şaroit hisoblanadi. Jonivorlar ana şu faslda tez voyaga yetib, kuz oylarida tuxum bera boşlaydi. Soğlom parranda yetiştiriş va undan köplab tuxum oliş uçun parvarişga faqat soğlom, tirik vazni 35-40 gramm bölgan, harakatçan, oyoğida mustahkam turuvçi, yaxşi patli va qanotlari gavdasiga mustahkam qisilgan jöjalar tanlanadi. Bu bilan esa göşti va tuxumi uçun boqiladigan parrandalarni baravariga yetiştiriş imkoni böladi.
Öylaymizki mehnatkaş tadbirkorning parrandaçilik sohasidagi faoliyati uşbu sohaga qiziqqan insonlar uçun foydali böladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶