IQLIM ÖZGARIB, TABIIY OFATLAR KÖPAYMOQDA: SABABI VA YeÇIMI
XXI asrga kelib, butun dunyoda tabiiy ofatlar soni sezilarli darajada ortdi. Havo harorati haddan taşqari isib ketişi natijasida örmon yonğinlari, sel-suv toşqinlari köpaydi. Köp mamlakatlarda qurğoqçilik tufayli oziq-ovqat mahsulotlari yetiştiriş muammoga aylandi. Bu muammolar har qanday inson
kabi meni ham qattiq taşvişlantiradi.
Nima uçun ayni ilm-fan, texnika rivojlanayotgan XXI asrda tabiiy ofatlar köpaymoqda? Sababini va yeçimini topgandekman. Iqlim özgarişi sabab tabiiy ofatlarning oldini oliş mumkin, kelgusi avlodga heç bölmasa sayyoramizni hozirgi holatda qoldiriş uçun butun dunyo aholisi, rahbarlardan tortib, oddiy fuqarolargaça birgalikda harakat qilsak, albatta, bunga erişamiz.
Maʼlumki, butun dunyoda XX asrning 2-yarmidan keyin ilm-fan, texnika rivojlana boşladi. Ot, hökizlar örniga har xil traktorlar işlab çiqarilib, yerlarni haydaş, qator oralariga işlov beriş, öriş, haydaş, taşiş, ariqlarni qaziş, yuklaş vositalari, samolyot, poyezd, yengil maşinalar işlab çiqarilib, odamlarning oğirini yengil, uzoğini yaqin qila boşladi. Bunday texnikalardan butun dunyo aholisi mamnun.
Mening yoşim 65da, men qatori yoki bizdan kattalar yaxşi bilişadi, qişda 40 daraja sovuq 3 oygaça yerda qor, yozda esa 40 daraja issiq bölardi. Öşa paytlarda tabiiy ofatlar kam bölardi. 80 yoşigaça yaşagan onam ham, esimni taniganimdan beri qişda qahraton sovuq, yozda issiq bölardi, derdilar.
Menimça, bunday iqlim özgarişlarining, tabiiy ofatlarning oldini oliş uçun butun dunyo aholisi elektromobillarga ötib bölgunça, tejamkor – 100 km.ga 3-4 litr yonilği sarflovçi avtomobillarni işlab çiqarişni yölga qöyiş kerak. Mayli, ularning quvvati va tezligi kamroq bölsa, avtohalokatlar ham kamroq bölardi.
2020-yil 16-martdan “Covid-19” sabab karantin böldi. May oyidan havo şunday toza va musaffo böldiki, uni barçamiz his qildik. Biz özimizning, farzandlarimizning, nevaralarimizning kelajagini öylaydigan bölsak, dunyodagi barça avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniyalar imkon qadar kam yonilği sarflovçi texnikalar işlab çiqarişlari zarur. Tabiiy resurslarimizning esa borini tejab işlatişimiz kerak.
Keyingi yillarda fillar, börilar odamlarga hujum qilişmoqda. Tajovuzkor va hujumkor arilar paydo bölişmoqda. Balki tabiatdagi özgarişlarga dunyodagi barça jonzotlarning aqllisimiz, deb iş tutayotgan biz odamlar sababçiligini sezişayotgandir. Ularning ham fikrlaş qobiliyati bordir, xuddi Çingiz Aytmatovning “Qiyomat” asaridagi böri “Akbara” singari...
Töraboy KARIMOV, Qipçoq ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶