21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:12
Qishloq xoʻjaligi 👁 261

Nukus shahrida iqlim oʻzgarishi va ekologik barqarorlik boʻyicha xalqaro seminar-trening oʻtkazildi

Nukus shahrida iqlim oʻzgarishi va ekologik barqarorlik boʻyicha xalqaro seminar-trening oʻtkazildi

Soʻnggi yillarda iqlim oʻzgarishi butun dunyoda dolzarb muammoga aylandi. Ushbu jarayon qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot, atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ayniqsa, ekologik muvozanatni saqlash va yer hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida jiddiy yondashuv talab etilmoqda.

Mana shunday sharoitda, joriy yil 13-iyun kuni Nukus shahridagi “Oq qush” kompleksida “Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi sharoitida aqlli qishloq xoʻjaligi” mavzusida xalqaro seminar-trening oʻz ishini boshladi. Ikki kun davom etgan mazkur tadbir iqlim oʻzgarishi sharoitida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, ekologik barqarorlikni taʼminlash va zamonaviy, innovatsion yondashuvlar asosida “aqlli qishloq xoʻjaligi”ni joriy etish masalalariga bagʻishlandi.

Seminarning ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisining oʻrinbosari Rustam Saparbayev soʻzga chiqib, mazkur tadbir mintaqadagi dolzarb muammolarni ilmiy-amaliy yondashuv asosida hal etishda muhim oʻrin tutishi haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Alisher Shukurov, Jahon bankining qishloq xoʻjaligi boʻyicha katta iqtisodchisi, doktor Piyerre Gerber, Qishloq xoʻjaligida fan va innovatsiyalar milliy markazi direktori, professor Shodmon Namozov, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor Narzulla Oblomuradov, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Berdiyor Joʻllibekovlar ham soʻzga chiqib, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish, ekologik barqarorlikni taʼminlash va bu sohadagi ilmiy hamkorliklar ahamiyati haqida fikr bildirishdi.

Seminar davomida iqlim oʻzgarishining qishloq xoʻjaligi, bozor iqtisodiyoti, aholi salomatligi, tuproq va ekologik tizimlarga salbiy taʼsiri haqida mutaxassislar oʻz maʼruzalarini taqdim etishdi. Jahon va mahalliy tajribalarga asoslangan holda iqlim oʻzgarishini yumshatish, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, “aqlli qishloq xoʻjaligi”ni joriy etish borasida amaliy taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

Seminarning ikkinchi kuni — 14-iyun sanasida ishtirokchilar uchun amaliy sayohat tashkil etildi. Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Berdiyor Joʻllibekov boshchiligida ishtirokchilar Moʻynoq tumaniga tashrif buyurishdi. U yerda avvalambor 1990-yillarda qurigan Orol dengizi tubiga ekilgan saksovul maydonlari koʻzdan kechirildi. Mazkur hududdagi oʻsimliklarning oʻsish jarayoniga taʼsir etuvchi salbiy omillar muhokama qilindi.

Shuningdek, Orol tubida tashkil etilgan maxsus ilmiy tadqiqot stantsiyasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Olimlar iqlim sharoitining keskin oʻzgaruvchanligiga qaramay, tadqiqotlar izchil olib borilayotganini taʼkidlashdi.

Sayohatning navbatdagi manzili Moʻynoq davlat oʻrmon xoʻjaligi qoshidagi ilmiy tadqiqot boʻlimi boʻldi. Bu yerda hududni koʻkalamzorlashtirish, ekologik barqarorlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Shuningdek, Moʻynoq shahrida joylashgan Orol dengizi tarixi muzeyiga tashrif uyushtirildi. Muzeyda bir paytlar dengizda suzgan kemalar, baliqchilarning mehnat qurollari, Orol boʻyida yashagan hayvonot dunyosi, mahalliy sanoat mahsulotlari va boshqa tarixiy yodgorliklar namoyish etildi. Ushbu muzey tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Mazkur seminar-trening nafaqat tajriba almashish maydoniga aylandi, balki iqlim oʻzgarishi va ekologik muammolarni bartaraf etish boʻyicha xalqaro darajada yechim topishga xizmat qiluvchi muhim platforma boʻldi. Ushbu tadbir iqlim muammolarini hal etishda muloqot, hamkorlik va tajriba almashishning naqadar muhim ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026