16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 18:52
Siyosat 👁 365

Tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi

Tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi

20-fevral kuni tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani oʻtkazildi.

Anjumanda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Shuningdek, Pensiya jamgʻarmasi tomonidan 2022-yil davomida ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Amudaryo televideniyesi, “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari muxbirlari Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi Qadamboy Ismailovga 2022-yil davomida boʻlim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi.

Qayd etib oʻtilganidek, 2022-yilning oʻzida tuman boʻyicha jami 2705 nafar fuqarolarga pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar tayinlandi. Shundan 1347 nafari yoshga doir, 265 nafari nogironlik, 114 nafari boquvchisini yoʻqotganlik va 979 nafari ijtimoiy nafaqalardir.

Undan tashqari, pensiya jamgʻarmasi tizimida 2022-yil mobaynida 924 dan ortiq 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalarning nafaqa ishlari raqamlashtirlgan boʻlsa, hozirgi kunda bir yarim mingga yaqin boquvchisini yoʻqotganlik pensiya va nafaqasini oluvchilarning ishlari 45 foizga raqamlashtirildi.

Matbuot anjumanida jurnalislar “Ijtimoiy himoya” yagona reyestri” axborot tizimining inson omilisiz shaffof tarzda ishlashi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniq va manzilli qoʻllab-quvvatlashga zamin yaratganini taʼkidladilar.

Mazkur axborot tizimi orqali oʻtgan yil mobaynida 21 mingdan otriq kam taʼminlangan oilalarga jami 126,4 mlrd. soʻm bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari toʻlab berilgan. Undan tashqari, 2022-yil may oyida Prezidentimizning 258-sonli qarori bilan har bir pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchi fuqarolarga 300 ming soʻmdan, 25 ming 276 nafar pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarga jami 7,8 mlrd. soʻm, shuningdek, 2022-yil 31-avgustdagi 213-sonli farmoniga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlangan 21 ming 562 ta kam taʼminlangan oilalarga jami 13 mlrd. soʻmga yaqin mablagʻlar toʻlab berilgan.

Matbuot anjumanida “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi hamda “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari batafsil tushintirib oʻtildi. Taʼkidlanganidek, “I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan boʻlim xodimlariga murojaat qilishib tegishlicha javoblar olishdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026