“YoŞLAR DAFTARI”DAGI 32 NAFAR YoŞGA SUBSIDIYa ASOSIDA IŞ QUROLLARI TAQDIM ETILDI
Sönggi yillarda mamlakatimizda yoşlar muammolarini hal etiş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş, bandligini taʼminlaş, keng qamrovli ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan çora-tadbirlar natijasida yil sayin özini-özi band qiliş tamoyili asosida faoliyat yuritayotgan va tadbirkorlik sohasida sezilardi yutuqlarga erişayotgan yoşlar safi tobora ortib bormoqda.
Ayniqsa, 2021-yildan boşlab yoşlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlaş hamda ularni hal qiliş maqsadida “Yoşlar daftari” tizimi işlab çiqilib, amaliyotga joriy etilgani bu boradagi saʼy-harakatlarni tizimli ravişda muvofiqlaştiriş imkonini bermoqda.
Amudaryo tumanida ham ayni paytda 2501 nafar yoş “Yoşlar daftari” röyxatiga kiritilgan bölib, har bir yoşning hayotiga oid yeçimini kutayotgan muammolar ovul va mahallalar masʼullari tomonidan xonadonma-xonadon kirib borib, örganişlar natijasida ijobiy hal etilmoqda.
Bundan taşqari, tumanning barça hududlarida imtiqomat qiluvçi, “Yoşlar daftari röyxatiga kiritilgan yoşlar bilan hokim va sektorlar rahbarlarining uçraşuvlari taşkil etilib, oşkora va samimiy muloqot muhiti yaratilayotgani bois, köplab yoşlarning murojaatlari qanoatlantirilayotgani öz samarasini bermoqda. Xususan, tumanda “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarning asosiy qismi kasb-hunarga öqitilib, maqsadli jamğarmalar hisobidan subsidiya asosida ularga zarur iş qurollari olib borilmoqda.
Joriy yilning 15-fevral sanasida Amudaryo tumani Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi binosida bölib ötgan tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektor rahbari, Davlat Soliq inspektsiyasi boşliği Aydos Seitov, IIB boşliği örinbosari Şaropat Joldasboyev, tuman hokimi örinbosarlari va Yoşlar işlari Agentligi masʼullari iştirokidagi uçraşuv tadbirida ham “Yoşlar daftari” röyxatiga kiritilgan yoşlarning öz-özini band qiliş tamoyili asosida iş qurollari bilan taʼminlaş haqidagi murojaatlari ijobiy hal etildi.
Tadbirda 1-sektor rahbari, Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşev mamlakatimizda, şu jumladan Amudaryo tumanida ham yoşlar hayotiga oid muammolarni ijobiy hal etiş borasida amalga oşirilayotgan keng qamrovli işlar haqida söz yuritib, ayniqsa, har bir yoşni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, ularni tadbirkorlik sohasiga jalb etiş orqali iş bilan bandligini taʼminlaş, ijtimoiy faolligini oşiriş ustuvor vazifa ekanligini taʼkidladi.
Tadbir davomida “Yoşlar daftari” röyxatiga kiritilgan 32 nafar yoşlarga özini-özi band qiliş tamoyiliga köra, “Yoşlar daftari” jamğarmasi hisobidan subsidiya asosida iş qurollari taqdim etildi. Unga köra, çevarlik yönalişida özlarining tadbirkorligini boşlaşni orzu qilgan muammoli yoşlarga tikuv maşinalari topşirildi.
Öz navbatida yoşlar davlatimiz, xususan, tuman hokimligi va sektorlar rahbarlari tomonidan körsatilayotgan eʼtibor va rağbatdan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶