ELIGA TAYaNÇ BÖLAYoTGAN HOKIM YoRDAMÇISI
Yurtimizning barça hududlarida Prezidentimiz taşabbusi bilan joriy etilib, faoliyat körsatayotgan hokim yordamçilari uyma-uy yurgan holda har bir xonadonning holatini örganmoqda va fuqarolarning iqtisodiy ahvoli yaxşilanişiga kömak bermoqda. Buning natijasida haqiqiy ehtiyojmand va boquvçisini yöqotgan oilalar, işsizlarga tadbirkorlikni yölga qöyişlariga kömaklaşilib, bandligini taʼminlaşga erişilmoqda. Amudaryo tumanida ham hokim yordamçilari tomonidan aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etiş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, işsiz fuqarolar bandligini taʼminlaş, kambağallikni qisqartiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar öz samarasini bermoqda.
Tumandagi Döstlik mahallasi hokim yordamçisi Raşid Örozimbetovning mutaxassisligi iqtisodçi. U tumandagi tijorat banki “Mikrokreditbank” tuman filiali boşqaruvçisi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan bölib, mehnat faoliyatiga 13-yil tölgan edi.
U Döstlik mahallasiga hokim yordamçisi qilib tayinlanganidan keyin dastlab işni aholini örganiş va mahallaning “ösiş nuqtalari” va “drayver” loyihalarni aniqlaşdan boşladi. Aholi bandligini taʼminlaş va tadbirkorlikka jalb etiş, mahalla hududida davlat-xususiy şeriklik asosida tadbirkorlikni rivojlantiriş, mahallabay işlaş tizimini yangi bosqiçga olib çiqiş orqali kambağallikni qisqartiriş kabilar borasida tegişli çora-tadbirlar belgilab olib, şunga köra işlarni taşkil etişga harakat qildi.
Döstlik mahallasida 3 ming 804 nafar aholi yaşaydi. Hududdagi 590 ta xonadon xatlovdan ötkazilganida 917 ta oila yaşaşi aniqlandi. Mahallada 22 ta xizmat körsatiş obʼektlari, 1 ta MTT, 1 ta maktab mavjud. Hokim yordamçisi tomonidan xatlov ötkazilganidan söng, xonadonlar 4 toifaga ajratildi.
Ötgan yil davomida hokim yordamçisining kömagi bilan mahallada yaşovçi 175 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirilib, 25 nafari mavsumiy va jamoat işlariga jalb etildi. Şuningdek, özini-özi band qilgan aholi soni 101 nafar, ijara asosida yer ajratiş hisobiga bandligi taʼminlanganlar 5 nafarga yetkazildi.
Mahalla hududida hokim yordamçisining tavsiyanomasi asosida tumandagi tijorat banki tomonidan 33 mln. söm imtiyozli kredit ajratilib, “Jasur Dilrabo gilam yuviş” oilaviy korxonasi taşkil etildi. Hozirgi kunda uşbu oilaviy korxona aholiga avtomobillarni yuviş va gilam yuviş xizmatlarini körsatib kelmoqda. Korxonada mahalla fuqarolaridan 2 nafarining bandligi taʼminlanib, 25 nafari mavsumiy va jamoat işlariga jalb etildi.
Undan taşqari, yakka tadbirkor Şahnoza Yoqubovaga hokim yordamçisi tomonidan 33 mln. söm miqdorida imtiyozli kredit olişiga tavsiyanoma berildi. Tadbirkor uşbu mablağlar evaziga yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlarini taʼminlaş maqsadida kompyuter öyinlari, internet kafe va kibersport yönalişlarida faoliyat taşkil etdi.
Şuningdek, yana bir tadbirkor Jonibek Yöldoşev ham hokim yordamçisi kömagi bilan 33 mln. söm kredit mablağlarini oldi va oilaviy maktabgaça taʼlim taşkiloti faoliyatini yölga qöydi. Buning natijasida 2 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi. Şu bilan birga kasb-hunar va tadbirkorlikka 31 nafar fuqaro öqitilib, 65 ta loyihaga köra kredit mablağlari, 9 nafar işsiz fuqaroga subsidiya ajartilişiga ham yordam berdi.
Mahallada aholiga qiyinçilik tuğdirib kelayotgan mavjud muammolardan biri bölgan 1 ta eski transformator yangisiga almaştirildi. Hududdagi Şörçi köçasining 1,8 km. qismiga toş yotqizildi. Ayni paytda piyodalar yölakçasi va bolalar maydonçasini quriş işlari amalga oşirilmoqda.
Hokim yordamçisi Raşid Örozimbetovning bu yilgi niyatlari, rejalari ham katta. U fuqarolar yiğini masʼullari bilan bamaslahat holda yana 190 nafar aholining bandligini taʼminlaşga, 126 nafar fuqaroning özini özi band qilişiga kömaklaşişni maqsad qilgan. Undan taşqari, mahalla ixtisoslaşuvidan kelib çiqqan holda “drayver” loyihalarni hamda investitsiya dasturlariga kiritilmagan “mikroloyiha”lar amalga oşirilişida kömaklaşiş, aholini tadbirkorlikka jalb etiş orqali daromadga ega bölişini taʼminlaş böyiça ham saʼy-harakatlar olib bormoqda.
Mahallaning suyançi va elning tayançiga aylangan hokim yordamçisi Raşidjon Örozimbetov hudud aholisining haqiqiy kömakçisiga aylanmoqda. Davlat rahbariga va yurtdoşlariga kamarbasta bölayotgan Döstlik mahallasi hokim yordamçisiga biz ham kuç-quvvat tilaymiz.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶