NAZARXON OVULIDA HOKIM VA YoŞLAR UÇRAŞUVI BÖLIB ÖTDI
Şu kunlarda Amudaryo tumani hokimi tegişli masʼullari bilan birgalikda çekka hududlarga ham taşrif buyurib, yoşlar bilan muloqotlar ötkazmoqda. Joylarda ötkazilayotgan bunday muloqotlar ançadan beri yeçilmay kelinayotgan juda köp masalalarni hal etişda muhim örin tutmoqda.
Nazarxon ovulida bölib ötgan ana şunday uçraşuvda ham tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokim örinbosari Mahmud Şermetov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi masʼullari hamda fuqarolar yiğini masʼullari, hududdagi korxona-taşkilotlar rahbarlari iştirok etişdi. Uçraşuvda tuman hokimi bugungi kunda yurtimizda yoşlarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar, ularning komil insonlar, kelajakning munosib egalari bölib voyaga yetişlari uçun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida sözladi.
Taʼkidlaş joizki, sönggi yillarda davlat rahbarining taşabbusi va kömagi bilan yoşlar siyosati böyiça 6 ta qonun, 15 ta farmoni, 15 ta qaror va 2 ta farmoyiş qabul qilindi, şuningdek hukumatning 39 dan ortiq qarori va 4 ta farmoyişi imzolandi. Oliy Majlis Senatining Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi, Qonunçilik palatasi huzurida Yoşlar parlamenti taşkil etildi. Yoşlar bilan işlaş tört bosqiçda: mahalla – tuman – viloyat – respublika darajasida yaxlit vertikal boşqaruv tizimi asosida amalga oşirilmoqda. Şuningdek, respublikaning barça mahallalarida faoliyatini boşlagan Yoşlar yetakçilari iş olib borib, yoşlarning muammolari joyida hal etilişiga yaqindan yordam berişmoqda.
Uçraşuvda şu xususda söz yuritilib, Nazarxon ovulida faoliyat olib borayotgan fuqarolar yiğini yoşlar yetakçisi tomonidan amalga oşirilgan işlar bilan tanişildi. Hudud yoşlar yetakçisi yoşlarning öz özini band etiş, tadbirkorlikni taşkil etişiga, tadbirkorlikni rivojlantiriş maqsadida bank kreditini oliş kabilarga kömaklaşiş borasidagi amaliy işlar xususida gapirib ötdi.
Oçiq muloqot ruhida keçgan uçraşuvda nazarxonlik yoşlar özlarini qiziqtirgan masalalar, taşvişga solayotgan muammolari yuzasidan tuman hokimiga töğridan-töğri murojaat qilişdi. Hudud yoşlari asosan, iş bilan taʼminlaş, özini özi band qiliş, oilaviy biznes, öz tadbirkorligini boşlaş jarayonida bank kredit mablağlari rasmiylaştirilişida yuzaga kelayotgan muammolar, mavjud tadbirkorligini kengaytirişda amaliy yordam va boşqa şu kabi masalalar yuzasidan öz murojaatlarini bayon etdi. Muloqot jarayonida nazarxonlik yoşlarning hududda tadbirkorlikni rivojlantiriş borasidagi takliflari ham tinglandi.
Nazarxon ovuli yoşlaridan Gulruh Yuldaşboyeva tikuvçilik kasbiga öqib olişda amaliy yordam berişni sörab murojaat qildi. Otabek Aytjanov esa safarbarlik çaqiruv rezervi badalini töliği bilan qoplab berişda yordam söradi. Sultonbek Muratboyevga esa murojaatiga köra, oliy taʼlim muassasasida öqişni davom ettirişi uçun tölov kontrakt summasining bir qismini qoplab berişda kömaklaşiladigan böldi.
Qolgan örganişga vaqt va mablağ talab etgan masalalar xususida esa mutasaddi taşkilot rahbarlariga aniq topşiriq va körsatmalar berilib, uşbu murojaatlar ijrosini tuman hokimi şaxsan öz nazoratiga olişini alohida taʼkidladi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶