HOKIM YoRDAMÇISI AHOLIGA HISOBOT BERDI
Şu kunlarda Amudaryo tumanining barça ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida faoliyat olib boruvçi hokim yordamçilarining 2022-yil davomida amalga oşirgan işlari sarhisob etilib, joriy 2023-yil uçun yangi rejalarini belgilab oliş maqsadida hisobot yiğilişlari bölib ötmoqda. Ana şunday hisobot yiğilişi Farovon mahalla fuqarolar yiğinida ham ötkazildi.
Hisobot yiğilişida Farovon MFY raisi Madamin Kazakov, MFY yoşlari yetakçisi Şohruh Rözmatov hamda profilaktika inspektori Rufat Matnazarov, mahalla faollari va yoşlar, hududda faoliyat olib boruvçi tadbirkorlar iştirok etdilar.
Oçiqlik va şaffoflik asosida ötgan yiğilişda kun tartibidagi asosiy masala – mahallada faoliyat olib boruvçi hokim yordamçisi Muqaddas Beknazarovaning 2022-yil davomida amalga oşirgan işlari va 2023-yil uçun belgilangan rejalar yuzasidan hisoboti tinglandi. Unga köra, hokim yordamçisining mahalla aholisi hayotiga oid muammolarni tizimli hal etiş, “ Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan işlaşişdagi faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, mahallada hokim yordamçisining şaxsiy taşabbusi va beğaraz yordami bilan aholi bandligini taʼminlaşga qaratilgan rejaviy tadbirlar işlab çiqilib, yangidan issiqxonalar taşkil etildi. Tozalangan içimlik suv şoxobçasi barpo qilindi. Farovon va Yakka tut köçalarining 1,7 km. qismiga şağal-toş yotqizildi. Mahalla hududidagi uzunligi 10 metr bölgan köprikning himoya qismi homiylik yordami va haşar yöli bilan taʼmirlandi. “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahalla boği taşkil etildi. Şuningdek, hududda texnika va texnologiya yönalişlarida faoliyat olib boruvçi tadbirlarlik subʼektlari taşkil etilib, “Temir daftari”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan oilalar aʼzolarining doimiy iş bilan bandligi taʼminlandi.
“Temir daftar” röyxatiga kiritilgan fuqaro Muxtor Kamolovga “Saxovat va kömak” jamğarmasi hisobidan yangidan turar joy qurib berildi. “Ayollar daftari”ning 3-toifasida röyxatda turuvçi Feruza Allaberganova va Rigena Fozilbekovalarning uyi sifatli taʼmirdan çiqarildi. Şuningdek, 13 nafar işsiz fuqarolarga dehqon xöjaligi yuritişlari uçun şaroit yaratilib, 2,5 gektar yer ajratib berilişiga kömaklaşildi. Tikuvçilik yönalişida öz tadbirkorligini boşlaş istagida bölgan ayol-qizlar öqitildi va ularga subsidiyalar ajratilib, tikuv maşinalari olib berildi.
Şuningdek, yakka tadbirkor Gulfiya Xudoyberganova mahallada “Xudoyberganova Gulfiya Gulmirzayevna” oilaviy bolalar boğçasini taşkil etdi.
Jami 407 mln. sömlik mazkur loyihani amalga oşirişda tadbirkorning 250 mln. sömlik öz mablağiga qöşimça ravişda hokim yordamçisining kömagi bilan 157 mln. sömlik bank krediti ham yönaltirildi. Mazkur MTT taşkil etilişi bilan mahalladagi 5 nafar ayol-qizning doimiy bandligi taʼminlandi.
Şuningdek, 33 mln. sömlik imtiyozli kredit mablaği hisobiga taşkil etilgan “Asaloy” gözallik salonida ham 5 nafar işsiz yoşlarning bandligi taʼminlandi.
Hokim yordamçisining hisobotida qayd etilişiça, homiylarni jalb qilgan holda kam taʼminlangan oilalarni qöllab-quvvatlaş, ularni ijtimoiy himoyalaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2022-yil davomida aynan şu maqsadlar uçun 9,5 mln. söm mablağ ajratilib, 6 ta oilaga zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Ötgan qisqa fursat içida turli muammoli masalalar böyiça 200 nafar fuqaro qabul qilinib, ularning murojaatlari puxta örganiş orqali ijobiy hal etilişiga kömaklaşildi.
Hisobot yiğilişida Muqaddas Beknazarovaning maʼruzasi yuzasidan muzokaralarda Farovon MFY raisi M.Kazakov, yoşlar yetakçisi Şohruh Rözmatov va boşqalar iştirok etişib, ötgan qisqa davr içida hokim yordamçisining kömagi bilan amalga oşirilgan işlar haqida öz fikrlarini bildirdilar. Şu bilan birga aholi murojaatlari bilan tizimli ravişda işlaş borasidagi kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça ham fikr-mulohazalarini, tavsiyalarini bayon etdilar.
Hisobot yiğilişi davomida mahalla faollari va yoşlari Farovon mahallasi hududini yanada rivojlantiriş, aholi farovonligini taʼminlaşga qaratilgan taklif va taşabbuslarini ham örtaga taşladilar. Yiğiliş iştirokçilari hokim yordamçisi Muqaddas Beknazarovaning 2022-yildagi faoliyatini qoniqarli deb hisobladilar va 2023-yilga belgilangan rejalar yuzasidan öz taklif va tavsiyalarini ham bildirdilar.
Hisobot yiğilişi yakunida hokim yordamçisining 2023-yil uçun belgilangan yangi iş rejasi bir ovozdan tasdiqlab olindi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶