ASKARLAR TAVSIYaNOMA UÇUN TEST TOPŞIRDI
Harbiy xizmatni ötaş har bir öğlon uçun muqaddas burç va ğururdir. Bu yönalişda Vatan himoyaçilariga, jumladan muddatli harbiy xizmatni ötayotgan askarlarga qator imkoniyat va imtiyozlar yaratilgan.
Muddatli harbiy xizmatni ötayotgan harbiy xizmatçilarga Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun tavsiyanomalar beriş tartibi joriy qilingani ham şular jumlasidandir.
Bu yil ham Amudaryo muhandislik texnikumida tumandagi Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qismda muddatli harbiy xizmat burçini ötayotgan 42 nafar askarlar tavsiyanoma uçun test topşirdilar.
Test jarayonlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholaş agentligining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi, Amudaryo tumani hokimligi, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi bilan hamkorlikda taşkil qilindi.
Muddatli harbiy xizmatni ötayotgan harbiy xizmatçilarga Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun tavsiyanomalar beriş tartibi töğrisidagi nizomga muvofiq test jarayoni adolatli va şaffof tazda ötkazildi.
Şu örinda qayd etiş lozimki, tavsiyanomalar Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safida muddatli harbiy xizmatni ötab bölgan, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik böyiça yuksak natijalarga erişgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatçilarga beriladi.
Amudaryo muhandislik texnikumi binosida bölib ötgan mazkur test sinovida muddatli harbiy xizmatçilarning jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik dasturlarini özlaştirganlik darajasi, matematika, fizika fanlari böyiça bilimi, şuningdek, mantiqiy fikrlaş qobiliyati sinovdan ötkazildi.
Kelgusida aniq maqsadlarni oldiga qöygan öğlonlar berilgan imkoniyatdan unumli foydalanişga, bor bilimini işga solib, berilgan savollarga töğri va aniq javob berişga harakat qilişdi.
Bilim va malakalarni baholaş agentligining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi xodimlari test jarayoniga alohida masʼuliyat va javobgarlik bilan yondaşib, zamonaviy videokuzatuv moslamalaridan foydalangan holda imtihonning şaffof va haqqoniy ötişini kuzatib bordilar.
Yana bir jihat, imtiyozli tavsiyanoma berişda askarlarning harbiy xizmat mobaynida jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik fanlaridan olgan baholari, hizmatda erişgan yutuqlari, namunali hulqi, vazifalarni alo darajada bajarganligi ham eʼtiborga olinadi.
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safida muddatli harbiy xizmatni ötab, tavsiyanomaga ega bölgan fuqarolar respublikaning oliy harbiy taʼlim muassasalaridagi tegişli taʼlim yönalişlariga öqişga kirişda test sinovlari natijalariga köra özlari töplagan ballarining 50 foizi miqdorida qöşimça ball şaklidagi imtiyozga ega böladilar.
Qolaversa, oliy harbiy taʼlim muassasalaridan taşqari respublikaning barça oliy taʼlim muassasalari bakalavriat yönalişlariga öqişga kiriş uçun qabul parametrlaridan taşqari ajratiladigan alohida qabul körsatkiçlari doirasida tanlovda iştirok etiş huquqiga ega böladilar.
Quroli Kuçlarimiz safida xizmat qilayotgan har bir öğlon bizning faxrimiz va ğururimizdir. Öz yigitlik burçini ötab, oliy taʼlim muassasalarida öqişni davom ettiradigan yoşlar esa yurt taraqqiyoti va xalq farovonligiga yanada köproq hissa qöşişi şubhasiz.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶