"OMIKRON"DAN GRIPPNI QANDAY FARQLAŞ MUMKIN?
Hozir dunyoning qator davlatlarida koronavirus pandemiyasining yangi tölqini bilan birga, gripp va ÖRVI epidemiyasi ham kuzatilmoqda. Şamollaş bilan boğliq bu xastaliklar belgilari aksariyat hollarda “omikron” ştammi alomatlari bilan deyarli bir xil namoyon bölayapti.
"Omikron"ning yaşirin muddati uzoqroq — 4-6 kun davom etadi. Burun oqişi, isitma esa boşqa ötkir respirator virusli infektsiyalarga xos.
Koronavirus natijasida ovqat hazm qiliş tizimi faoliyati buzilişi mumkin. SOVID-19ning örta va oğir bosqiçlarida kasallikning 5-, 7-kunlariga kelib, tana harorati 38-39 darajadan oşişi, nafas yetişmovçiligi, hansiraş paydo bölişi mumkin.
Yuqoridagi holatlar kuzatilgan bemorlar, albatta, şifokor qabuliga borişlari şart. Aniq taşxis qöyiş uçun epidemiologik anamnez, PZR-test va boşqa tibbiy tahlillar natijalari talab etiladi. Şunga köra, mutaxassis tomonidan tegişli muolajalar buyuriladi.
Tegişli tekşiruv natijalariga köra, mutaxassis tomonidan xastalikning oğirlik darajasi va bemorning ahvoliga köra, statsionar yoki ambulator muolajalar belgilanişi mumkin. SOVID-19ning simptomsiz keçayotgan va yengil darajasida uy şaroitida davolanişga ruxsat beriladi. Uy şaroitidagi muolajalar kamida bir hafta davom etişi kerak. Antibiotiklarni özboşimçalik bilan, retseptsiz va tartibsiz qabul qiliş turli aʼzolar faoliyatini izdan çiqarişi va hatto bemorlar ölimiga sabab bölişi mumkin.
Eng samarali profilaktik çora sifatida esa koronavirusga qarşi öz vaqtida, töliq bosqiçda va buster dozada emlanişni tavsiya etamiz.
Mirzabek Amankulov,
tuman SEOvaJSB oliy toifali epidemiolog-şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶