Xavfsiz mahalla – osoyişta hayot tayançi: Amudaryoda zamonaviy qöriqlaş tizimlari qanday işlamoqda?
Mamlakatimizda “Xavfsiz mahalla” tamoyilini hayotga tatbiq etiş, fuqarolarning tinç va osoyişta hayot keçirişini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş hamda jamoat tartibini mustahkamlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonda zamonaviy axborot texnologiyalari, intellektual qöriqlaş tizimlari va tezkor nazorat mexanizmlarining örni tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori sohaga yangi mazmun va amaliyot olib kirdi.
Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tumani Içki işlar bölimi huzuridagi Qöriqlaş xizmati tomonidan keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Xususan, mahallalarda jinoyatçilikka qarşi samarali profilaktika işlarini yölga qöyiş, aholi mol-mulkini işonçli himoya qiliş va xavfsiz muhitni yaratiş borasida salmoqli natijalarga erişilmoqda.
2025-yil davomida tuman hududida joylaşgan 320 ta fuqaro xonadonlari hamda 252 ta davlat va tadbirkorlik subʼektlariga tegişli obʼektlar zamonaviy qöriqlaş pultlari, yonğindan ogohlantiriş signalizatsiya vositalari va maxsus “taşviş” tugmalari bilan jihozlanib, Qöriqlaş xizmati tizimiga ulandi. Mazkur texnik vositalar orqali obʼektlardagi vaziyat doimiy ravişda masofadan nazorat qilinib, har qanday şubhali holat yoki xavf yuzaga kelganda tezkor çora köriş imkoniyati yaratildi.
Aholi ziç joylaşgan köp qavatli uylarda xavfsizlikni taʼminlaş masalasi ham eʼtibor markazida böldi. Jumladan, tumandagi 36 ta köp qavatli uyning kiriş yölaklariga zamonaviy qöriqlaş tizimlari, videokuzatuv uskunalari va “taşviş” tugmalari örnatildi. Bu orqali uşbu uylarda istiqomat qilayotgan 730 ta xonadon egalarining xavfsizligi, mulkining daxlsizligi va umumiy osoyiştaligi taʼminlandi. Bunday tizimlar nafaqat jinoyatlarning oldini oliş, balki fuqarolarda xavfsiz hayotga bölgan işonçni mustahkamlaşga ham xizmat qilmoqda.
Şuningdek, odamlar gavjum böladigan jamoat joylari, savdo majmualari va bozorlarda tezkorlikni taʼminlaş alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Manğit şahrining Navoiy mahallasi hududidagi Manğit dehqon bozoriga 6 ta, Beruniy mahallasida joylaşgan “Manğit savdo kompleksi”ga 5 ta hamda uşbu savdo majmuasining Navoiy mahallasi hududidagi filialiga 2 ta “taşviş” tugmalari örnatildi. Mazkur tizimlar orqali favqulodda holatlarda Qöriqlaş xizmati xodimlari qisqa vaqt içida voqea joyiga yetib kelib, zarur çoralarni köriş imkoniyatiga ega bölmoqda.
Bugungi kunda Amudaryo tumani Içki işlar bölimi huzuridagi Qöriqlaş xizmatining 1 va 2-sonli Texnik qöriqlaş markazlari tomonidan jami 550 ta davlat va turli yönalişdagi tadbirkorlik obʼektlari, 371 ta yakka tartibdagi fuqaro xonadonlari hamda köp qavatli uylardagi yuzlab xonadonlar tunu kun uzluksiz nazorat ostida qöriqlanmoqda. Bu esa tuman hududida jinoyatçilik darajasini kamaytiriş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va aholining osoyişta hayot keçirişini taʼminlaşda muhim omil bölib xizmat qilmoqda.
Sohadagi islohotlar izçil davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş yönalişida yaxlit manzilli işlaş tizimini joriy etişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida ayni kunlarda Qöriqlaş xizmati xodimlari tomonidan mahallalarda xatlov işlari olib borilmoqda. Uşbu jarayonda aholi bilan yaqin muloqot örnatilib, zamonaviy qöriqlaş xizmatlarining afzalliklari, xavfsizlikni taʼminlaşda fuqarolarning faol iştirokining ahamiyati keng tuşuntirilmoqda. Zero, har bir xonadon, har bir mahalla va butun jamiyat xavfsizligi har bir fuqaroning masʼuliyatiga boğliq. Öz uyimiz, mahallamiz va yurtimiz tinçligini asraş — barçamizning muqaddas burçimizdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶