16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:21
Jamiyat 👁 416

Suv taʼminoti boʻyicha kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qanday holatda?

Suv taʼminoti boʻyicha kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qanday holatda?

Ijtimoiy va energetika obʼektlarining doimiy ravishda, uzluksiz ishlashi aholining hayot sifati va mamlakatning tizimli rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, sovuq kunlar kirib kelishi bilan energetika resurslari va kommunal xizmatlarga boʻlgan talabning ortishi, bu tizimlarning barqaror va ishonchli ishlashini taʼminlashni taqozo etadi. Uzluksiz elektr energiyasi, tabiiy gaz va toza ichimlik suvi taʼminoti – aholi salomatligi, ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy faollikning asosiy garovidir.

Shu maqsadda, 2025-yil 2-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy va energetika obʼektlari va koʻp kvartirali uy-joy fondidan 2025/2026-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 453-son qarori qabul qilindi. Mazkur qaror ijtimoiy soha obʼektlari, iqtisodiyot tarmoqlari va aholi xonadonlarini kuz-qish mavsumida kafolatlangan energiya resurslari va kommunal xizmatlar bilan taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Unda ichimlik suvi, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti tizimlarini, elektr va gaz tarmoqlarini taʼmirlash, modernizatsiya qilish va ularning ishonchliligini oshirish boʻyicha aniq vazifalar belgilangan.

Ushbu qaror ijrosi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, jami 45,2 km ichimlik suvi tarmoqlarini hamda 95 ta nasos agregatlarini mukammal va joriy taʼmirlash belgilangan. Bu boradagi ishlarga Amudaryo tumanida ham alohida eʼtibor qaratilib, tumanda 250 metr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlari va 2 ta nasos agregatlarini mukammal taʼmirlash, qolaversa 5,8 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlari va 4 ta nasos agregatlarini joriy taʼmirlash rejalashtirilgan.

Belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspektsiyasi hamda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyati tuman filiali xodimlari hamkorligida tumanning Boʻz yop ovuli joylashgan “Yarimchi” suv taqsimlash inshootida oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganishlar davomida ovul hududida 250 metr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlari mukammal taʼmirlangani, buning natijasida hududda istiqomat qiluvchi aholining ichimlik suv taʼminoti sezilarli darajada yaxshilangani va bu boradagi ishlar davom ettirilayotgani aniqlandi.

Mutaxassislar suv tarmoqlari va inshootlarining davlat standartlari va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligini, suv bosimi barcha isteʼmolchilarga teng taqsimlanishini, tarmoqlarda suvning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrilayotgan choralarni koʻzdan kechirdilar. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda tezkor chora koʻrish imkoniyatlari, energiya tejamkor va ekologik toza texnologiyalardan foydalanish holati, tizimning zaxira qismlari va jihozlari mavjudligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Sababi, aholining toza ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlanishi uning turmush sifati va salomatligiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Sifatli ichimlik suvi koʻplab yuqumli kasalliklarning oldini olishga, inson organizmining sogʻlom rivojlanishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, bolalar salomatligi uchun toza ichimlik suvining ahamiyati beqiyos. Shuningdek, uzluksiz suv taʼminoti aholining maishiy sharoitlarini yaxshilab, ularning vaqtini tejashga va turmush madaniyatini yuksaltirishga imkon beradi.

Amudaryo tumanida ichimlik suv taʼminoti tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar davlatimizning aholi salomatligi va farovonligini taʼminlashga qaratayotgan yuksak eʼtiborining amaldagi ifodasidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026