HAR QANDAY DAVLATNING TARAQQIYoTINI TAʼLIM SIFATI BELGILAYDI
Jonajon yurtimizda har bir fuqaro jinsi, irqi, millati, tili, dini, va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, taʼlim oliş huquqiga egadir. Bu boş Qomusimizda kafolatlab qöyilgan. Taʼlim tizimi yagona va uzluksiz bölib, ular biri-birini töldirib turadi.
Jumladan, taʼlimning poydevori bölgan maktabgaça taʼlim va tarbiya bolalarni öqitiş va tarbiyalaşga, ularni intellektual, maʼnaviy-axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirişga, şuningdek, umumiy örta taʼlimga tayyorlaşga xizmat qiladi.
Amudaryo tumanida 128 ta maktabgaça taʼlim taşkiloti mavjud bölib, şundan 51 tasi davlat, 4 tasi davlat-xususiy şerikçilik asosidagi hamda 73 tasi oilaviy nodavlat MTTlaridir.
Tumanda bolalarni maktabgaça taʼlim tizimiga qamrov darajasini yanada oşiriş, maktabgaça taʼlim muassasalarini yangidan barpo etiş, eskilarini rekonstruktsiya qilişga alohida ahamiyat berilmoqda. 2022-yil davomida 5 ta, yaʼni 8-, 18-, 33-, 44-, 47-sonli MTTlarida joriy taʼmirlaş işlari amalga oşirildi.
Şuningdek, tadbirkorlarni jalb qilgan holda 11 ta oilaviy nodavlat MTTlari taşkil qilindi.
Tumanimizda 3 yoşdan 7 yoşgaça bölgan bolalar 16 841 nafar bölib, ularning 11 949 nafari, yaʼni 71 foizi MTTlarga qamrab olingan.
Yil yakuniga qadar investitsiya dasturi asosida Yuqori qişloq mahallasida rekonstruktsiya qilinayotgan 28-sonli MTT filialiga 120 nafar, Çoyköl ovuli hududidagi hamda Oybek nomli mahalladagi oilaviy nodavlat MTTlarga 75 nafar bolalarni qamrab oliş rejalaştirilgan.
2022-yil davomida tumanda maktabgaça taʼlimning uzviy davomi bölgan umumiy örta taʼlimni yuqori bosqiçga olib çiqiş, taʼlim sifatini yuksaltiriş, öqituvçilar malakasini oşiriş, taʼmirtalab maktablarni rekonstruktsiya qiliş borasida köplab samarali işlar amalga oşirildi.
Jumladan, yil davomida investitsiya dasturi doirasida Qipçoq ovuli hududidagi 18-sonli maktab binosi, Çordara mahallasi hududidagi 36-sonli maktab binosi, Boy ovul mahallasi hududidagi 56-sonli maktab, binosi rekonstruktsiya qilinib, foydalanişga topşirildi.
Mazkur yilda investitsiya dasturi doirasida 3 ta maktab qayta taʼmirlangan bölsa, Prezidentining 2022-yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi davomida berilgan topşiriqlar ijrosini taʼminlaş maqsadida yana 3 ta maktab joriy taʼmirdan çiqarildi.
Şuningdek, “Obod qişloq” dasturi doirasida Ayoqçi mahallasi hududidagi 69-sonli maktab binosi mukammal taʼmirlandi.
2022-yilda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabining iş boşlaşi quvonçli voqea böldi. Uşbu taʼlim maskanida aniq va tabiiy fanlar yönalişlarida 16-sinfda 384 nafar öquvçi taʼlim olmoqda. Ularga oliy toifali, yuqori malakali 34 nafar pedagoglar taʼlim-tarbiya berişmoqda.
Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvçilarini kasbga örgatiş, ularning bandligini taʼminlaş masalasiga ham alohida eʼtibor berib kelinmoqda.
Bugungi kunda Qipçoq ovuli hududidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida 304 nafar öquvçi 11 ta kasb mutaxassisliklari böyiça taʼlim-tarbiya olmoqdalar. 2021-2022-öquv yilida kasb-hunar maktabini 4 ta mutaxassislik böyiça 118 nafar öquvçilar bitkazişdi. Şundan 16 nafar öquvçi oliy taʼlim muassasasi talabasi böldi. Qolgan öquvçilar öz kasbi böyiça tadbirkorlik faoliyatini yölga qöydilar.
Manğit şahrining Döstlik mahallasi hududidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida 424 nafar öquvçi taʼlim-tarbiya olmoqda. Ularga 24 nafar malakali öqituvçi va 13 nafar işlab çiqariş taʼlimi ustalari taʼlim-tarbiya berib kelişmoqda.
Kasb-hunar maktabida avtomobillarga texnik xizmat körsatiş va taʼmirlaş, yöl harakati qoidalari, payvandlovçi, gaz va suv tizimlarini taʼmirlaş, tikuvçilik, elektrotexnika jihozlarini taʼmirlaş, oşpaz va qandolatçilik, ustaxonalari mavjud bölib, öquvçi-yoşlar malakali ustozlaridan olgan bilim va könikmalarini ustaxonalarda amaliyotda qöllab, öz tajribalarini oşirmoqdalar. Tumandagi umumtaʼlim va kasb-hunar maktablarida öquvçilarning bilim olişi, kasb-hunar egallaşlari uçun barça şaroit va imkoniyatlar yaratilgan.
Tuman Xalq taʼlimi bölimi tizimidagi umumtaʼlim maktablarida 4064 nafar öqituvçi 38 476 nafar öquvçiga özlarining bor bilimlarini berib kelişmoqda. Öqituvçilarning 185 nafari oliy, 642 nafari birinçi, 1239 nafari ikkinçi toifali hamda 1790 nafari oliy maʼlumotli mutaxassislardir. Ustozlardan olingan bilim va könikmalar asosida 2021-2022 öquv yilida 2 572 nafar bitiruvçining 589 nafari oliy taʼlim muassasalariga öqişga kirişdi.
Taʼlimga berilayotgan eʼtibor natijasida tumandagi Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli umumtaʼlim maktablari Özbekiston Respublikasi böyiça milliy reytingda 200 ta tuman içida 110-örinni, Qoraqalpoğiston Respublikasidagi barça tumanlar içida 5-örinni egalladi.
Maktabdan taşqari taʼlim samaradorligini oşiriş maqsadida taşkil qilingan “Barkamol avlod” bolalar maktabi ham samarali tarzda faoliyat yuritib kelmoqda. Maktabga 1 668 nafar öquvçi qamrab olingan. Maktabda “Madaniyat va sanʼat”, “Texnika, konstruktorlik va modellaştiriş”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Hunarmandçilik va qöl mexnati”, “Turizm va ekologiya” hamda “Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov” yönalişlari böyiça 66 tögarak faoliyati yölga qöyilgan. Öquvçilar mazkur tögaraklarda maktabdan taşqari böş vaqtlarini mazmunli ötkazmoqdalar.
Bugungi kunda köplab rivojlangan davlatlarning taraqqiyotini öşa mamlakat öquvçilariga berilayotgan taʼlim sifatiga boğlaşadi. Yuqori saviyaga, sifatli bilimga ega bölgan insonlar jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ösişi, rivojlanişini taʼminlaydigan islohotlarni amalga oşirib, jamiyat taraqqiyotiga hissa qöşadilar.
Tumanimizda yakunlanayotgan yilda amalga oşirilgan taʼlim sohasidagi samarali işlar yuqoridagi ezgu maqsadlarni amalga oşirişga xizmat qilişi şubhasiz.
F.EŞIMBETOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶