12.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
12.10.2026, 08:34
Sport 👁 319

ENG YaXShI MURABBIYLAR VA SPORTChILAR TAQDIRLANDI

ENG YaXShI MURABBIYLAR VA SPORTChILAR TAQDIRLANDI

Bolalar maktabdan tashqari sport taʼlimi tizimini yanada takomillashtirish, sport zahirasi va yuksak mahoratli sportchilar tayyorlash, murabbiylar mehnatini ularning tarbiyalanuvchilari erishgan yutuqlariga qarab ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyilganligi mamlakatimizning barcha hududlarida, jumladan, tumanimizda ham mahoratli sportchilar yetishib chiqishiga omil boʻlmoqda. Boisi, mavjud barcha sport taʼlimi muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, sport boʻyicha tayyorgarlikning zamonaviy metodikalari va texnologiyalarini egallagan qobiliyatli murabbiylar bilan taʼminlanmoqda. Natijada ushbu muassasalarda bolalar va oʻsmirlarni, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etish, ular oʻrtasida turli sport musobaqalari oʻtkazish orqali qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga koʻmaklashish, oʻquv-mashq jarayonini takomillashtira borish natijasida mamlakat va xalqaro sport maydonida oʻz yurti sport sharafini munosib himoya qila oladigan yoshlar kamol topmoqda.

Mangʻit shahrida faoliyat yuritayotgan tuman Bolalar sport maktabida ham yakunlangan 2022-yilda koʻpgina yutuqlar qoʻlga kiritildi. Maktab tarbiyalanuvchilari Oʻzbekiston Respublikasi chempionati va kuboklarida jami 51 ta, shundan 10 ta oltin, 31 ta kumush, 10 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Shuningdek Osiyo chempionatida 1 ta oltin, 1 ta bronza medalini yengib oldilar.

Yakunlangan yilning 30-dekabrida tuman Bolalar sport maktabida oʻquv-mashq jarayonini namunali tashkil qilib, tarbiyalanuvchilarni oʻzlari shugʻullanayotgan sport turida yuqori natijalarni qoʻlga kiritishlariga erishgan bir guruh mahoratli murabbiylar, shuningdek, oʻz iqtidorini namoyish etib, yil mobaynida musobaqalarda muvaffaqiyatlarga erishgan sportchilar taqdirlandi.

Tadbirni Bolalar sport maktabi direktori Chorsham Tojimurodov ochdi va barchani Yangi yil bilan qutlab, yakunlanayotgan yil maktab tarbiyalanuvchilari, murabbiylar uchun yutuqlarga boy yil boʻlganini, bu natijalarga osonlikcha erishilmaganini qayd etdi.

Shundan soʻng eng mahoratli murabbiy, sportchilar taqdirlandi.

Bolalar sport maktabining “Eng yaxshi treneri” nominatsiyasi boʻyicha maktabning futbol treneri Rufat Bobojonov, “Eng yaxshi intiluvchan trener” nominatsiyasi boʻyicha maktab stol tennisi murabbiyi Fozilbek Eshchonovlar taqdirlandilar.

Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi” respublika sport musobaqalarining ikkinchi mavsumini yuqori saviyada tashkil etishdagi koʻmagi va tashabbuskorligi uchun maktab rahbar xodimlari va barcha murabbiylariga Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining tashakkurnomalari topshirildi.

Sportchilarning taqdirlanishi barcha tarbiyalanuvchilarda juda ulkan qiziqish uygʻotdi. Yil yakuni boʻyicha Bolalar sport maktabining “Eng yaxshi sportchi” nominatsiyasi boʻyicha yakunlangan yilda Andijon viloyatida oʻtkazilgan sambo boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida oltin medalni yengib olgan Zokirjon Boltaboyev, Nukus shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻtkzilgan Oʻzbekiston chempionatida oʻz vazn toifasida chempion boʻlgan Nilufar Jumaboyeva, Oʻzbekiston chempioni Qunduzoy Qoʻshnazarovalar taqdirlandi.

Tadbirda 2023-yilda sport maktabda oʻquv-mashgʻulotlarni namunali oʻtkazish tufayli tarbiyalanuvchilar mahoratini yanada yuksaltirish, yutuqlarni yanada koʻpaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026