Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşevning Yangi yil bayrami munosabati bilan tuman ahliga tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli yurtdoşlar!
Betakror diyorimizda Yangi yil şukuhi kezib yurgan şu kunlarda Siz azizlarni, Sizlar orqali barça amudaryoliklarni, yurtdoşlarimizni bayram bilan qutlaşdan mamnunman!
Xalqimiz har yil yakunida joriy yilda qölga kiritilgan yutuqlar va erişilgan natijalarni sarhisob qilib, kelgusi yilga yangi rejalar tuzişga odatlangan. Yakuniga yetayotgan yilni tahlil qilar ekanmiz, 2022-yil mamlakatimiz tarixida öziga xos iz qoldiradigan davr böldi, desak yanglişmagan bölamiz. Islohotlarning yangi bosqiçi sifatida joriy yil boşida Prezidentimiz Farmoni bilan 2022-2026-yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi.
Amudaryo tumanida ham inson qadrini yuksaltiriş va iqtisodiyotimizni jadal rivojlantiriş borasida yil davomida tizimli işlar amalga oşirildi. Jumladan, mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oşiriş maqsadida 49 ta ovul va mahallalarimizda hokim yordamçilari, xotin-qizlar faollari va yoşlar yetakçilari iş boşladi.
Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qiliş maqsadida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturi doirasida 3 ming 477 nafar fuqaroga jami 72,2 mlrd. söm imtiyozli kreditlar ajratildi. Aholining yaşaş şaroitlarini yaxşilaş maqsadida Prezidentimizning birgina 2022-yil 25-oktyabrdagi qaroriga muvofiq tumanimiz hududida umumiy qiymati 22 milliard 209 million sömlik quriliş-taʼmirlaş işlari amalga oşirilmoqda.
2022-yilda tuman böyiça barça manbalar hisobidan 77 ta obʼektlarda umumiy qiymati 112,7 mlrd. sömlik quriliş-taʼmirlaş va rekonstruktsiya işlari amalga oşirildi. Hududlarimizga 4,7 km uzunlikda piyodalar va salomatlik yölakçalari qurildi, 4 ta mahallaning markaziy köçalariga köça yoritkiçlari örnatildi. 71 km uzunlikdagi mahalliy ahamiyatdagi va içki yöllar taʼmirlanib, Gulzor mahallasi hududida 5 ta 5 qavatli uy-joylar qurib bitkazildi va foydalanişga topşirildi.
2022-yil davomida tumandagi 3 ta maktab hamda 5 ta davlat, 3 ta oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari binolari rekonstruktsiya qilinib, 3 ta maktab binolari joriy taʼmirlandi. Yaratilgan şaroitlar va sohaga berilayotgan eʼtibor tufayli umumtaʼlim maktablarida 4 ming 64 nafar öqituvçi 38 ming 476 nafar öquvçiga sifatli taʼlim-tarbiya berib kelmoqda. Tuman böyiça boğça yoşidagi bolalarni qamrab oliş körsatkiçi 71 foizga yetdi.
Aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oşiriş maqsadida Tölqin, Qizilçoli ovullaridagi oilaviy şifokorlik punktlari hamda 71-sonli oilaviy poliklinika binolari taʼmirlandi. 15 mlrd. söm mablağ evaziga 90-örinli yangi tuğruq bölimi binosini quriş işlari davom etmoqda.
Dehqon va fermerlarimizning fidokorona mehnatlari evaziga joriy yilda 12 ming 832 tonna don, 44 ming 844 tonna paxta hosili olindi. Dehqon va tomorqa xöjaliklarida yetiştirilgan minglab tonna ğalla, sabzavot va poliz ekinlari, mevalar hamda boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlari bozorlarimiz tökinligi, narx-navoning barqarorligini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qadrli yurtdoşlar!
Muhtaram Prezidentimiz yaqindagina Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatnomasida kelgusi yilga “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb nom berib, 2023-yildagi ustuvor yönalişlarni belgilab berdilar.
Kelgusi yilda ham tumanimizda aholining yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, yangi iş örinlarini yaratiş, taʼlim sifati va samaradorligini yangi bosqiçga olib çiqiş va hududlarni har tomonlama rivojlantiriş böyiça qator işlarni amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.
Aziz yurtdoşlar!
Fursatdan foydalanib, barçangizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan çin qalbimdan tabriklayman! 2023-yil xalqimiz farovonligi hamda jonajon Vatanimiz rivoji yölida tub burilişlar röy beradigan yil bölişiga tilakdoşman.
Yangi yilda köngillarimizni xotirjamlik, xonadonlarimizni tinçlik-osoyiştalik, dasturxonlari-mizni tökinlik, ozod va obod yurtimizni fayz va baraka tark etmasin!
Yangi yilingiz muborak bölsin, aziz yurtdoşlar!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶