TUMAN HOKIMI S.YÖLDAŞEV OLMAZOR MAHALLASI YoŞLARI BILAN UÇRAŞDI
Sönggi yillarda davlat idoralari bilan xalq örtasidagi byurokratik tösiqlarga barham berilib, rahbarlarning xalq, ayniqsa, yoşlar bilan oçiq muloqotlari, dildan suhbat tarzidagi uçraşuvlari doimiy anʼanaga aylandi. Bu esa rahbarlar uçun xalq hayotiga oid muammolarni joyiga çiqib, batafsil örganiş va öz vaqtida zarur çoralar köriş imkonini bermoqda.
Amudaryo tumanida ham “Hokim va yoşlar”, “Hokim xalq bilan muloqotda”, “Sektor rahbarlari muammolarni örganadi”, “Xalq qabulxonasi – xalq xizmatida” mavzularida doimiy ravişda ötkazilayotgan oçiq muloqot körinişidagi tadbirlarda aholining barça qatlamlarini qamrab olinişiga erişilmoqda.
28-dekabr kuni Manğit şahrining Olmazor mahallasi hududidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötgan “Hokim va yoşlar” uçraşuvida ham hudud yoşlari hayotiga doir yeçimini kutayotgan muammolar örganilib, yoşlar bilan samimiy muloqot taşkil etildi.
Uçraşuvda Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşev, Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, hokim örinbosari Mahmud Şermetov, şuningdek, Olmazor mahallasi hududida istiqomat qiluvçi 30 nafardan ziyod yoşlar iştirok etdilar.
“Hokim va yoşlar” uçraşuvida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev mamlakatimizda, şu jumladan tumanimizda yoşlarning bilim oliş, kasb-hunar örganişlari, şuningdek, ularning iş bilan bandligini taʼminlaş, tadbirkorlik faoliyatlarini yölga qöyişlari uçun yaratilayotgan şaroitlar, keng imkoniyatlar haqida batafsil töxtalib, yoşlarning ijtimoiy-maʼnaviy, iqtisodiy va madaniy hayotini tubdan yaxşilaşga qaratilayotgan eʼtibor va bu borada tumanda amalga oşirilayotgan keng kölamli işlarda yoşlarning iştiroki xususida söz yuritdi.
Uçraşuv davomida hudud yoşlarining murojaatlari ham tinglandi. Xususan, yoşlarning muqobil harbiy xizmat davri uçun şartnoma badallarini tölaşda yordam beriş töğrisidagi, eşitişda muammolari bor bölgan fuqaroning eşitiş moslamasi olişda qiynalayotgani, özini özi band qiliş tamoyili asosida tikuvçilik yönalişida faoliyatini boşlaşda qiynalayotgan fuqaroning tikuv maşinasi xarid qiliş uçun subsidiya ajratiş haqidagi va ijtimoiy himoyaga muhtoj yana bir oilaning farzandini öqitişda qiynalayotgani, öqiş uçun şartnoma pulini tölaşda yordam sörab qilgan murojaatlari bilan hokim va masʼullar batafsil tanişdilar.
Aksariyat murojaatlar joyida hal etildi. Ayrimlari tegişli taşkilotlar, xususan, bank va aholi bandligini taʼminlaş, soğlikni saqlaş böyiça hududiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijobiy hal etilişi uçun zarur çora-tadbirlar belgilanib, topşiriqlar berildi.
Şuningdek, uçraşuvda Amudaryo tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov yoşlar hayotiga oid muammolar yeçimini topiş va bu muammolarni tizimli ravişda hal etiş bugungi kunda har bir rahbar xodimning zimmasidagi yuksak masʼuliyatli burçi ekanligini taʼkidlab, bu borada Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşevning şaxsiy taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan keng qamrovli işlar haqida söz yuritdi.
“Hokim va yoşlar” uçraşuvi har qanday byurokratik tösiqlardan xoli, oşkora va samimiy muloqot muhitida ötganligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶