KONSTITUTsIYaMIZNING 30 YILLIK BAYRAMI KENG NIŞONLANDI
Yurtimizda har yili 8-dekabr – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun umumxalq bayrami sifatida keng nişonlanadi. Bu yil Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 30-yil töldi.
Ötgan davr mobaynida davlatimizning xalqaro maydonda öz örnini topişi, barça sohalarda keng kölamli islohotlarni amalga oşiriş va yuksak marralarga erişiş, xalqimiz uçun heç kimdan kam bölmagan farovon hayot barpo etişda asosiy qonunimiz – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustahkam huquqiy asos bölib xizmat qildi.
Amudaryo tumanida ham Boş Qomusimizning 30 yilligi keng nişonlanib, sana munosabati bilan “Konstitutsiya – qomusimiz” deb nomlangan katta tadbir ötkazildi.
7-dekabr kuni tuman Madaniyat markazining kontsertlar zalida bölib ötgan tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari va tegişli davlat organlari masʼullari, deputatlar, keng jamoatçilik vakillari qatnaşdi.
Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev nutq sözlab, barçani bayram bilan tabrikladi. Tuman hokimi Konstitutsiyaga tayangan holda Prezidentimiz rahbarligida Yangi Özbekistonni barpo etiş böyiça keng kölamli islohotlar amalga oşirilayotgani, ötgan yillar davomida davlatimiz va jamiyatimiz hayotida juda katta yangilanişlar röy berayotgani, Asosiy Qonunimizda belgilanganidek, xalq manfaatining hamma narsadan ustunligi, erkinlik va oçiqlik, qonun ustuvorligi tamoyillari nafaqat Konstitutsiyamizda, balki amalda ham davlatimiz siyosatining asosiy yönalişiga aylangani xususida sözladi.
Tadbir davomida turli sohalarda mehnat qilib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan bir qator fidoyilarga “Konstitutsiyaning 30 yilligi” kökrak nişoni tantanali ravişda topşirildi.
Darhaqiqat, Konstitutsiyamizdagi “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan tamoyildan kelib çiqib aholi bilan doimiy muloqot qiliş davlat idoralarining boş vazifasi etib belgilandi. Davlat organlari rahbarlari fuqarolar oldida hisobot beradigan, ularning muammolarini tinglab, hal qiladigan samarali tizim yölga qöyildi. Davlat organlari faoliyatida oçiqlik va oşkoralik amalda taʼminlanib, muhim qaror va qonunlar loyihalari muhokamalarida fuqarolarimiz ham faol iştirok etmoqda. Byudjet mablağlaridan foydalaniş, davlat xaridlari va boşqa köplab masalalar böyiça muhim körsatkiçlar jamoatçilikka oçiq taqdim qilinmoqda.
Yurtimizda aholining ehtiyojmand qatlamlarini himoya qiliş, kambağallikni qisqartiriş, hududlarni izçil rivojlantiriş borasida tizimli işlar qilinmoqda. Şu maqsadda joriy etilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”, şuningdek “mahallabay” va “xonadonbay” işlaş tizimlari bugungi kunga kelib dastlabki ijobiy natijalarini bermoqda.
Tumanimizda ham ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan jami 602 nafar işsiz fuqaroga joriy yil boşidan beri 2,4 mlrd. sömlik subsidiyalar ajratilib, bandligi taʼminlandi. “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş” dasturi doirasida 3 090 nafar fuqaroga salkam 51 mlrd. sömlik kreditlar ajratildi.
Birgina “Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili” deb eʼlon qilingan joriy yilda jami 77 ta obʼektlarda 112,3 mlrd. sömlik quriliş-taʼmirlaş işlari amalga oşirilmoqda. Bularning barçasi Konstitutsiyamizda belgilab qöyilgan insonparvar tamoyillarning hayotiy ifodasidir.
Tadbirning tantanali qismi yakunlanganidan söng, tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyiş etildi. Dastur davomida ijro etilgan Vatan, tinçlik va inson qadri haqidagi şeʼr hamda qöşiqlar, yoş havaskorlar ijrosidagi dilrabo raqslar tadbirga yanada fayz kiritdi va barçaga kötarinki kayfiyat baxş etdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶