14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 06:22
Iqtisodiyot 👁 253

2022-yilning 9 oyini tuman mahalliy byudjeti 56 mlrd 322,8 mln soʻm daromad bilan yakunladi

2022-yilning 9 oyini tuman mahalliy byudjeti 56 mlrd 322,8 mln soʻm daromad bilan yakunladi

5-dekabr kuni Amudaryo tuman hokimligi majlislar xonasida Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, hokimlik maʼsul xodimlari, korxona, tashkilotlar va ovul, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda “Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2022-yil 9 oyi davomidagi ijrosi toʻgʻrisida”gi masala koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman moliya boʻlimi mudiri oʻrinbosari Abay Sagʻinbayev hisobot berdi. Hisobotda taʼkidlanishicha, tuman mahalliy byudjetining daromadlar qismi rejasi 52 mlrd 749,3 mln soʻmga belgilangan boʻlib, xaqiqatda 56 mlrd 322,8 mln soʻmga, yaʼni 106,8 foizga bajarilgan. Bu rejaga nisbatan 3 mlrd 573,5 mln soʻmga ortiq deganidir.

2022-yil 9 oyi davomida byudjet xarajatlari rejasi kiritilgan oʻzgarishlardan keyin jami 214 mlrd 759,4 mln soʻmni tashkil qilgan. Hisobot davrida byudjet hisobidan jami 213 mlrd 77,9 mln soʻmlik mablagʻlar sarflangan.

Jumladan, qishloq xoʻjaligi va obodonlashtirish sohasiga jami 14,2 mlrd soʻm sarf qilingan. Bu jami byudjet xarajatlari hajmining 6,6 foizini tashkil qiladi. Maktabgacha taʼlim sohasiga jami 15,2 mlrd soʻm, yoki jami byudjet xarajatlari hajmining 7,12 foizi, taʼlim sohasiga esa 8,8 mlrd soʻm, yoki jami byudjet xarajatlarining 4,11 foizi sarflangan.

Bundan tashqari, madaniyat va sport sohasiga jami 4,33 mlrd soʻm, sogʻliqni saqlash sohasiga jami 63,3 mlrd soʻm, ijtimoiy taʼminot sohasiga jami 79,2 mlrd soʻm mablagʻ sarflangan. Shuningdek, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” xarajatlari uchun jami 595 million 200 ming soʻm sarf-xarajat qilingan.

Davlat boshqaruv organlarini saqlash uchun salkam 11 mlrd soʻm sarflangan. Bu jami byudjet xarajatlari hajmining 5,15 foizini tashkil qiladi. Shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari sohasiga jami 3,7 mlrd soʻm, zaxira jamgʻarmasi mablagʻari uchun jami 1,8 mlrd soʻm, fuqarolar tashabbusli jamgʻarmasi mablagʻlari uchun 10,2 mlrd soʻm, boshqa xarajatlar uchun esa 849 mln 445 ming soʻm sarf-xarajat qilingan.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining va tuman xokimining tegishli qaror va farmoyishlari asosida byudjet mablagʻlari tasdiqlangan rejasidan tashqari yil boshidagi erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan jami 764 mln 989 ming soʻm sarflangan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tuman mahalliy byudjetlari daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi mablagʻlari hisobidan esa jami 4 mlrd 41,9 mln soʻm sarflangan.

Yigʻilishda tuman mahalliy byudjetining 9 oyi davomidagi ijrosi yuzasidan deputatlar va doimiy komissiya yigʻilishi ishtirokchilari oʻz fikr va mulohazalarini bildirib, savollar bilan murojaat qildilar va tegishli javoblar oldilar.

Oygul Rajabova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019