24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 07:49
Jamiyat 👁 243

“Martabang ulugʻ boʻlsin, ona tilim” mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

“Martabang ulugʻ boʻlsin, ona tilim” mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

Til − millatning bebaho boyligi, benazir qadriyati va tengsiz mulki hisoblanadi. Tilda ana shu tilning ijodkori boʻlgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi.

1989-yil 1-dekabr — Qoraqalpogʻiston tarixidagi muhim sanalardan biri sifatida tarixga muhrlangan. Mazkur sanada Qoraqalpoq xalqining azaliy orzusi roʻyobga chiqdi va qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berildi. Ushbu kun har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha hududlarida keng tarzda nishonlanib kelinadi. Shu jumladan Amudaryo tumanida ham sana munosabati bilan qator tadbirlar tashkil etildi.

1-dekabr kuni Prezident taʼlim muassasalari Agentligi tizimidagi Amudaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi hamda tuman Madaniyat boʻlimi hamkorligida “Martabang ulugʻ boʻlsin, ona tilim” mavzusidagi tadbir oʻtkazildi.

Tadbir avvalida ixtisoslashtirilgan maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Ravshan Xolmuradov qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligi bilan barcha oʻquvchilarni va oʻqituvchilarni tabrikladi. Shu bilan birga qoraqalpoq xalqining milliy urf-odatlari, anʼanalari, qadriyatlari haqida gapirib, Ibrayim Yusupovning goʻzal sheʼrlaridan namunalar oʻqidi.

Shuningdek, u oʻz soʻzida soʻnggi yillarda oʻzbek va qoraqalpoq tillarini yanada rivojlantirish, boyitishga alohida eʼtibor berilayotganligini, bu borada Amudaryo tumanida ham barcha sharoitlar yaratilib, taʼlim muassasalari oʻzbek va qoraqalpoq tillaridagi darsliklar bilan yetarli darajada taʼminlanganligini aytib oʻtdi.

Tadbir davomida tumanimizning taniqli sanʼatkorlari, tuman Madaniyat boʻlimi xodimlari, havaskorlik jamoalari hamda maktab oʻquvchilari ishtirokidagi katta kontsert dasturi namoyish qilindi.

Rang-barang badiiy chiqishlar, dilrabo kuy-qoʻshiqlar, maftunkor raqslar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Ona tili, Vatan, doʻstlik hamda insoniy fazilatlarni ulugʻlovchi goʻzal sheʼrlar oʻquvchilar qalbida vatanparvarlik tuygʻularining yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi.

Kontsert dasturi davomida tadbir mehmoni boʻlgan Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi ijrochi kotibi Shirin Yangibayeva barchani bayram bilan samimiy tabrikladi.

 Oʻquvchilarga qoraqalpoq tilining jamiyatdagi oʻrni, uni yanada rivojlantirish, boyitish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, oʻquvchilarga tilmizning sofligini saqlash zarurligi, uni yanada boyitish uchun har bir shaxs hissa qoʻshishi lozimligini aytib oʻtdi.

Darhaqiqat, bugungi kunda qoraqalpoq tilining oʻrni va obroʻsini orttirish boʻyicha koʻplab amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, “Qoraqalpoq tilining raqamlashtirilgan texnologiyasi” nomidagi ilmiy-amaliy loyiha amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga qoraqalpoq tilidagi audio-kitoblar platformasini yaratish ustida ish olib borilmoqda.

 Qolaversa, atamalarning qoraqalpoq tilidagi tarjimalari Atamalar komissiyasi tomonidan ishlab chiqilib, 5 tomlik “Qaraqalpaq tilinin tusindirme soʻzligi” kitobi nashrga tayyorlanmoqda.

 Aytish kerakki, amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar qoraqalpoq tiliga boʻlgan yuksak eʼtiborning yorqin namunasidir.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026