“BEŞ MUHIM TAŞABBUS – YoŞLARGA QANOT” GRANT LOYIHASI DOIRASIDA KONTsERT DASTURI NAMOYIŞ ETILDI
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan taşkil qilingan davlat granti tanlovida “Mening oilam” gazetasi tahririyatining “Beş muhim taşabbus – yoşlarga qanot” nomli loyihasi ğolib bölgan edi.
“Mening oilam” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi mazkur fond tomonidan moliyalaştirilgan loyiha doirasida öquv muassasalarida, ovul va mahallalarda turli xil mavzulardagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkaziş orqali Prezidentimiz taşabbusi bilan joriy etilgan beş muhim taşabbus böyiça yoşlarning ijtimoiy folligini oşiriş borasida faoliyat olib borişmoqda.
Gazetaning maxsus muxbiri, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist, loyiha koordinatori Robiya Yöldoşeva loyihada közda tutilgan reja asosida Manğit şahridagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida nogironligi bölgan yoşlarning musiqa va sanʼatga qiziqişini oşiriş maqsadida mazkur musiqa va sanʼat maktabi maʼmuriyati hamda tuman Nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda musiqa va sanʼat maktabi öquvçilarining kontsert dasturini taşkil etdi.
Uşbu kontsert dasturi davomida Amudaryo tumanining turli hududlaridagi umumtaʼlim maktablarining uyda taʼlim oluvçi öquvçilari, şuningdek ovul va mahallalarda istiqomat qiluvçi nogironligi bölgan, sanʼat va musiqaga ixlosmand yoşlar va ularning ota-onalari iştirok etdilar.
Tadbirni “Beş muhim taşabbus – yoşlarga qanot” loyihasi koordinatori Robiya Yöldoşeva oçdi va mamlakatimizda imkoniyati çeklangan yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning musiqa va sanʼatga bölgan iqtidorlarini rivojlantiriş maqsadida taşkil etilayotgan mazkur kontsert dasturining ahamiyati xususida söz yuritib, tadbir iştirokçilarini 3-dekabr – Xalqaro Nogironlar kuni va yaqinlaşib kelayotgan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan tabrikladi.
Kontsert dasturi davomida 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Yöldaşboy Obdalov, “Beş muhim taşabbus”ning birinçi yönalişi yoşlarni musiqa va sanʼatga qiziqtiriş, ularning uşbu yönaliş böyiça iqtidorlarini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş yuzasidan mamlakatimizda, şu jumladan tumanimizda, şuningdek 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida amalga oşirilayotgan amaliy işlarning ahamiyati xususida söz yuritdi.
Şundan söng, musiqa va sanʼat maktabida taʼlim olayotgan sanʼatsevar yoşlar öz iqtidorlarini namoyiş etdilar. Özbek va qadrdoş xalqlar milliy çolğu asboblarida biri-biridan mazmundor, yoqimli kuylar çalib, aşulalar aytişdi, raqslar ijro etişdi. Ayniqsa, xalq çolğulari orkestri, estarada xonandaligi, anʼanaviy ijroçilik, rubob, doira, raqs yönalişlarida musiqiy taʼlim olayotgan öquvçi-yoşlarning ijrolari kontsert dasturini yanada boyitdi.
Kontsert dasturida iştirok etgan yoşlar öz tengdoşlarining ijro mahoratlaridan mamnun böldilar, şu bilan birga ular qalbida musiqa va sanʼatga bölgan mehr va iştiyoqlari ortdi. Tadbirda iştirok etgan yoşlar miriqib hordiq çiqardilar hamda özlari ham musiqa bilan şuğullaniş istagida ekanliklarini bildirdilar.
Kontsert dasturi yakunida faol va jamoatçi yoşlarga sovğalar berilib, “Ranglar jilosi” Respublika tanlovida munosib iştirok etgan ijodkor yoşlarga mazkur musiqa va sanʼat maktabi direktori Yöldoşboy Obdalov tomonidan taşakkurnomalar topşirildi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶