Elektron navbatga yoziliş tartibi va uning ahamiyati
Jismoniy va yuridik şaxslar notarial idoralarga quyidagi şakllarda özlari uçun qulay vaqtda murojaat qilişlari mumkin: notarial idoraga bevosita kelib yoki telefon orqali, yozma va elektron şaklda, Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Ye-notarius.uz» axborot portali orqali. Elektron şakldagi murojaatlar esa, «Notarius» axborot tizimida alohida tartibda yuritiladi.
Fuqarolar «Ye-notarius.uz» axborot portalidan notariuslar haqida maʼlumot olişlari mumkin. Şuningdek axborot portalida notarial harakatlarni amalga oşiriş uçun hujjatlarning röyxati, tölovlar böyiça elektron kalkulyatordan foydalaniş imkoniyati mavjud.
Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda fuqaroda elektron raqamli imzo bölişi zarur. Elektron raqamli imzo oliş uçun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi.
Murojaat qiluvçilarning axborotkommunikatsiya texnologiyalari orqali notarius qabuliga yoziliş böyiça yöllangan arizalari elektron röyxatda avtomatik tarzda qayd qilinadi. Murojaatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bölişi lozim.
Murojaat böyiça notarial harakat rasmiylaştirilişi uçun zarur bölgan hujjatlar loyihalari notarial idora tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qöyiladi.
Murojaat qiluvçi belgilangan vaqtda notarius qabulida hozir bölişi şart. Mazkur talab bajarilmaganda qabul qiliş umumiy asoslarda yoki qabul vaqtini qaytadan belgilaş orqali amalga oşiriladi. Boşqa şaxs foydasi uçun belgilangan vaqtdan voz keçişga yöl qöyilmaydi.
Notarius qabuliga oldindan yoziliş bu - notarial idorada navbat kutib ortiqça vaqt yöqotiş va asabbuzarlikning oldini oladi. Şuningdek, notariusga elektron murojaat qilişning ahamiyatli jihati notarial harakatni tez va sifatli, ortiqça ovoragarçiliklarsiz amalga oşiriş imkonini beradi.
B.Xodjametov,
Amudaryo tumanida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶