Turar joylarni maişiy gaz ballonlari bilan taʼminlaşning yangi tartibi tasdiqlandi
Aholi va ijtimoiy soha obʼektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berişning samarali tizimini yaratiş, huquqiy asoslarini aniqlaş va uşbu sohada yagona taşkiliy-texnik talablarni belgilaş kabi islohotlar sohani yanada takomillaştirmoqda.
Suyultirilgan gazni isteʼmolçilarga maişiy gaz ballonlarida yetkazib beriş xizmatlarini takomillaştiriş, aholiga qöşimça qulaylik yaratiş, masofadan turib elektron xizmatlardan mustaqil foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.04.2026-yildagi “Turar joy xonadonlarini maişiy gaz ballonlari bilan taʼminlaşda davlat xizmatini körsatişning maʼmuriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida”gi 180-sonli Qarori qabul qilindi.
Mazkur Qaror bilan Turar joy xonadonlarini maişiy gaz ballonlari bilan taʼminlaşda davlat xizmatini körsatişning Maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Maʼmuriy reglament turar joy xonadonlarini maişiy gaz ballonlari bilan taʼminlaşda davlat xizmatini körsatiş tartibi, maişiy gaz ballonlarini yetkazib beriş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik subʼekti tomonidan amalga oşiriladigan tadbirlar, murojaatlarni körib çiqiş tartibi va rad etiş asoslari, «E-gaz» dasturi orqali maʼlumotlarni qabul qiliş, maʼlumotlar bazasini yuritiş talablarini öz içiga oladi.
Fuqarolar tomonidan turar joy xonadonlarini maişiy gaz ballonlari bilan taʼminlaş yuzasidan Davlat xizmatlari markaziga özi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan elektron şaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanadi.
Ariza beruvçi davlat xizmatidan foydalanişning har qanday bosqiçida undan foydalanişdan boş tortiş huquqiga ega. Ariza beruvçi davlat xizmatidan foydalanişdan boş tortganda, uning sörovnomasi körilmasdan qoldiriladi.
Ariza beruvçining sörovnomasi avtomatik tarzda bir iş soati davomida vakolatli operatorga yuboriladi.
Hujjatlardagi maʼlumotlarning töğriligi va haqqoniyligi uçun ariza beruvçi fuqarolar şaxsan javobgar hisoblanadi.
Vakolatli operator ariza kelib tuşgan kuni maʼlumotlarni real vaqt rejimida «E-gaz» dasturida şakllantiradi;
bir iş kunida sörovnomada körsatilgan maʼlumotlarni tekşiradi;
uç iş kunida ariza beruvçini maişiy gaz balloni bilan taʼminlaş masalasi yuzasidan joyiga çiqib örganadi. Bunda örganiş yakunlari böyiça dalolatnoma rasmiylaştiriladi va gazlaştiriş eskizi işlab çiqiladi. Dalolatnomada ariza beruvçiga maişiy gaz balloni berilişi yoki beriş rad etilişi sabablari körsatiladi;
dalolatnomada keltirilgan xulosa ijobiy bölgan taqdirda, ariza beruvçi bilan «Maişiy gaz ballonini vaqtinça foydalanişga beriş töğrisida» va «Suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib beriş töğrisida»gi şartnomalarni ikki nusxada rasmiylaştiradi;
rasmiylaştirilgan şartnomalar asosida ariza beruvçini «Face ID» tizimi orqali suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib beriş uçun tegişli hisobvaraq bilan taʼminlaydi hamda unga bir dona maişiy gaz ballonini ön iş kunida bepul yetkazib beradi;
örganiş natijalariga köra rasmiylaştirilgan şartnomalarni ariza beruvçining şaxsiy kabinetiga ön iş kunida elektron şaklda yuboradi;
dalolatnomada keltirilgan xulosaga köra xizmat körsatiş rad etilgan taqdirda, ariza beruvçiga uç iş kunida elektron şaklda javob yuboradi.
Davlat xizmatini körsatişni rad etiş uçun quyidagilar asos böladi:
maişiy gaz ballonini oliş uçun ariza beruvçi tomonidan sörovnoma maʼlumotlari töliq töldirilmasdan taqdim etilganda;
ariza beruvçi tomonidan berilgan sörovnomadagi maʼlumotlar tasdiğini topmaganda;
ariza beruvçining xonadoniga maişiy gaz balloni berilib, u tomonidan qöşimça maişiy gaz balloni söralganda;
maişiy gaz ballonidan foydalaniş uçun gaz plitasi mavjud bölmaganda yoki oşxona texnik talablarga mos bölmaganda.
Bitta turar joy xonadonida ikki va undan ortiq oila yaşaydigan hollarda, agar xonadonda texnik talablarga mos bölgan alohida-alohida (yoki umumiy) gaz plitasi hamda oşxona mavjud bölganda, bitta kadastr raqamiga ega bölgan holatda ham, istisno tariqasida, har bir oilaga alohida bittadan maişiy gaz ballon ajratilişiga joyida ötkaziladigan örganiş dalolatnomasini rasmiylaştiriş orqali ruxsat beriladi.
Maişiy gaz ballonidan foydalanuvçi töğrisidagi maʼlumotlar özgarganda, ariza beruvçi uşbu maʼlumotlarni vakolatli operatorga ariza beriş orqali (arizada maişiy gaz balloniga egalik kimga ötayotganligini körsatgan holda) bir oy muddatda maʼlum qiladi (kadastr hujjatlari özgarganda, zarur özgartirişlar avtomatik tarzda amalga oşiriladi). Vakolatli operator tomonidan maʼlumotlar doimiy yangilanib, «E-gaz» dasturiga kiritib boriladi.
Bunda «E-gaz» dasturiga kiritilgan yangilangan maʼlumotlarning haqqoniyligi va töğriligiga mazkur maʼlumotlarni kiritgan vakolatli operator javobgar hisoblanadi.
Maişiy gaz balloni quyidagi hollarda almaştiriladi (yangilab beriladi):
maişiy gaz balloni eskirganda yoki yaroqsiz holga kelganda (undan foydalaniş imkoni bölmay qolganda);
maişiy gaz balloni yöqotilganda.
Bunda yöqotilgan maişiy gaz balloni uçun yetkazib beruvçi taşkilot tomonidan oxirgi kirim qilingan hisob varaqasidagi narxi böyiça ariza beruvçidan tölov undiriladi.
Umida Saparbayeva, Amudaryo tumani Adliya bölimi Davlat xizmatlari markazi bölim boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶